ⓘ Kashmir vodiysi - Katta Himolay va Pir-Panjal tog tizmalari orasidagi keng vodiy, Hindistonda. Uzunligi qariyb 200 km, kengligi 60 km dan ziyod. Bal. 1600 m ga ..

                                     

ⓘ Kashmir vodiysi

Kashmir vodiysi - Katta Himolay va Pir-Panjal tog tizmalari orasidagi keng vodiy, Hindistonda. Uzunligi qariyb 200 km, kengligi 60 km dan ziyod. Bal. 1600 m ga yaqin. Kol kop, eng kattasi Vular koli. Toglardan oqib tushadigan mayda daryo va soylar vodiyning eng yirik daryosi Jalam ga quyiladi. Daryoda kema qatnaydi. Yolovchilarni tashishda qayiqdan ham foydalaniladi. Iqlimi motadil, yanvarning ortacha temperaturasi - G, iyulniki 22 - 23°. Yozgi nam musson shamollarning kirib kelishiga PirPanjal tog tizmasi tosqinlik qiladi. Shu sababli, yoz mavsumida yogin kam yogadi. Yillik yogin ortacha 1000 mm. K. v. tuprogi allyuvial tuproq. Keng bargli ormonlar, tog yon bagirlarida igna bargli ormonlar bor. Q.x. ekinlari, asosan, sholi va makkajoxori, shuningdek, zigir, raps, xantal, qisman bugdoy ham ekiladi. K.v.da turli mevalar yetishtiriladi. Ekinzorlar daryo suvidan sugoriladi. Mevali boglar bor. Yiliga 180 ming t dan ziyod meva yetishtiriladi. Zafaron Hindistonda, asosan, shu yerda ekiladi. Ipak qurti uchun tut daraxti ostiriladi. K.v.da aholi zich. Hunarmandchilikda gilam toqish, kashtachilik, yogoch va metall oymakorligi rivojlangan. Iqlim kurortlari bor. Srinagar, Paxalgam va Gulmarg sh.lari turizm markazlaridan. Boburiylar asos solgan Shalimar va Nashat boglarini korish uchun turistlar kop keladi. Eng yirik shahri - Srinagar.

                                     
  • o tgan. Jan - g arbida, Pir - Panjal va Katta Himolay tizmalari orasida Kashmir vodiysi joylashgan o rtacha bal. 1600 m Tog yon bag irlarida keng bargli
  • hind - oriya tillarida 1 - ming yillik oxiridan rivojlana boshladi. Keyinroq esa kashmir va sindh adabiyoti, shuningdek pushtu tilidagi adabiyot shakllana boshladi
  • markazlashgan N. davlati paydo bo ldi. 18 - asr oxiriga kelib, N. hududi g arbda Kashmir sharqda Sekkimgacha kengaydi. 18 - asrning 2 - yarmidan N.ga Angliyaning Ost - Indiya