ⓘ Kvinslend - Avstraliya Ittifoqidagi shtat. Materikning shim.sharqiy qismida va qirgoqqa yondosh orollarda. Mayd. 1730.6 ming km 2. Aholisi 3.6 mln. kishi ; 80% ..

                                     

ⓘ Kvinslend

Kvinslend - Avstraliya Ittifoqidagi shtat. Materikning shim.sharqiy qismida va qirgoqqa yondosh orollarda. Mayd. 1730.6 ming km 2. Aholisi 3.6 mln. kishi ; 80% shaharlarda yashaydi. Mamuriy markazi - Brisben sh.

K.ning sharqiy qismida Katta Suvayirgich tizmaning shim. qismi joylashgan. Garbiy qismi esa pasttekislik. Iqlimi shtatning shim.da subekvatorial, jan.da tropik. Yanv.ning ortacha temperaturasi 20 - 25°, iyulniki 15 - 25°. Yillik yogin K.ning sharqida 2000 mm, ayrim joylarda 2500 mm gacha, garbi savanna va chollardan iborat.

K. hududining 2% dan koprogi ishlanadi. Dehqonchilikka yaroqli yerlar, asosan, Tinch okean sohilidagi kambar tekislikda. Q.x.da chorvachilik yetakchi tarmoq. Shtat mamlakatda tayyorlanadigan jun, gosht, sariyog, pishloqning katta qismini yetkazib beradi. Sohilda ananas, banan, mango va b. tropik mevalar, shakarqamish yetishtiriladi. Garbiy qismida bugdoy va makkajoxori ekiladi, sut chorvachiligi rivojlangan. K. mis, boksit, rux va qorgoshin, rutil, sirkon, toshkomir, volfram qazib chiqarishda hamda oltin, neft va tabiiy gaz olishda mamlakatda oldingi orinlarda. Mamlakatda qazib olinadigan misning yarmidan ortigi shtat garbidagi Maunt-Ayza konlaridan olinadi. Uran, kalay, temir rudasi ham qazib olinadi. Mashinasozlik, kemasozlik, kimyo, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoklari rivojlangan. Yirik sanoat shaharlari: Brisben, Gladston, Taunsvill, Makkay, Kerns.