ⓘ Kepler qonunlari - I. Kepler kashf etgan sayyoralar harakatiga oid 3 ta qonun. I. Keplerning Yangi astronomiya asarida uning 2 qonuni bayon qilingan edi, 3-qonu ..

                                     

ⓘ Kepler qonunlari

Kepler qonunlari - I. Kepler kashf etgan sayyoralar harakatiga oid 3 ta qonun. I. Keplerning "Yangi astronomiya" asarida uning 2 qonuni bayon qilingan edi, 3-qonuni 1619 y.da kashf etildi.

1 - qo n u n. Har bir sayyora ellips boylab harakatlanadi, uning hamma sayyoralar uchun umumiy bolgan fokusida Quyosh yotadi. 2 - qonun. Quyoshdan sayyoraga otkazilgan radius-vektor teng vaqtlar ichida teng yuzalar chizadi. Bu qonun sayyora harakat yolidagi ixtiyoriy nuqtada oladigan tezlikni ifodalaydi. Unga muvofiq sayyoralar Quyoshga yaqin paytida tezroq harakat qiladi. 3-qonun. Sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish davri kvadratlarining nisbati ularning quyoshdan ortacha uzoqligi kublari nisbatiga teng, yani: NA 1 I.Nyuton tomonidan 1687 y.da aniqlashtirilgan bu qonunni quyidagi formula orqali yozish mumkin: 2 bunda Tt va T2 - ikki sayyoraning Quyosh atrofida haqiqiy siderik aylanish davrlari; M - Quyosh massasi; gp, va pg2 - birinchi va ikkini sayyoraning massalari; ah va a2 - birinchi va ikkinchi sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish orbitalarining katta yarim oqlari. Keyingi tenglamadagi t, va pg2 - sayyoralar massalari Quyosh massasi M ga nisbatan juda kichik bolgani uchun ularni hisobga olinmasa, 2 tenglama yuqoridagi 1 tenglama korinishini oladi.

Elliptik orbita boylab harakatlanuvchi osmon jismlariga tegishli Keplerning uchinchi qonunini sayyoralar va ularning yoldoshlari hamda umumiy massa markazi atrofida elliptik orbitalar boylab harakatlanuvchi qoshaloq yulduzlarga qollab, bu osmon jismlariga tegishli bazi kattaliklarni aniqlash mumkin. Xususan, bu qonun sayyoralarning massalarini Kuyosh massasiga nisbatan hisoblashga, shuningdek, kuzatishlar yordamida qoshaloq yulduzlardan birining ikkinchisiga nisbatan aylanish davrini aniqlash hamda ularning yillik parallakslarini olchash asosida, ularning umumiy massalarini hisoblashga imkon beradi. Kepler oz qonunlari asosida sayyoralarning harakat jadvallarini tuzdi. Bu jadvallar 1627 y.da "Rudolf jadvallari" nomi bilan nashr qilindi. Aniqligi yuqori darajada bolgan bu jadvallardan astronomlar amaliy astronomiyada 17-, 18-asrlar davomida keng foydalanishgan. K. q. osmon mexanikasi fanining paydo bolishi va taraqqiyotida muhim orin tutadi.