ⓘ Kerala - Hindistonning jan garbiy qismidagi shtat. Arabiston dengizi sohilida. Mayd. 38.9 ming km 2. Aholisi 31.8 mln. kishi, asosan, malayali xalqi. Aholisinin ..

                                     

ⓘ Kerala

Kerala - Hindistonning jan garbiy qismidagi shtat. Arabiston dengizi sohilida. Mayd. 38.9 ming km 2. Aholisi 31.8 mln. kishi, asosan, malayali xalqi. Aholisining 60% hindu diniga etiqol qiladi, qolganlari xristian va musulmonlar. Kerala - mamlakatda aholi eng zich shtat. Mamuriy markazi - Tiruvanantapuram sh.

Kerala - yer yuzasining katta qismi pasttekislik, sharqida Kardamon va Anaymudi toglari bal. 2698 m gacha joylashgan. Iqlimi tropik, mussonli iqlim. Yiliga 3000 mm gacha yogin yogadi. Tog yon bagirlarida eben, tik, palisandr, pokak daraxti ormonlari bor. Tekisliklarda deqqonchilik qilinadi.

Kerala - agrar shtat. Aholining 50% qishloq xojaligi bilan shugullanadi. Ekishga yaroqli yerlar 2 mln. ga. 387 ming ga yerda sholi ekiladi. Butun mamlakatda yetishtiriladigan kokos yongogining 41% K.da yetishtiriladi. K. Hindistonda yetishtiriladigan qora murchning 53%, kofening 27%, choyning 9%ni yetkazib beradi. Mamlakatdagi kokos palmasining 70%, kauchukli osimlik plantatsiyalarining deyarli hammasi K.da. Shtat mamlakatda ovlanadigan jami dengiz baligining 20 - 25% ni beradi. Marvarid olinadi. Kerala foydali qazilma va gidroenergiya resurelariga boy. Malabor sohilida monatsit, ilmenit, rutil, sirkon va boshqalar minerallarga boy monatsit qumining katta qatlamlari mavjud. Sanoati, asosan, qishloq xojaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Kokos tolasidan arqon, poyandoz va boshqalar buyumlar tayyorlanadi. Yogochsozlik sanoati rivojlangan. Alyuminiy eritish Alvaye, kimyo Kochin, sellyuloza Kojikode, elektrotexnika Kanannur, faner, avtomobil shinalari, rezina, keramika, ip gazlama, mashinasozlik va metallsozlik korxonalari, yog zavodlari, ustaxonalar bor. Sanoat markazlari: Tiruvanantapuram, Alvaye, Kvilon, Kochin. Yuklar, asosan, dengiz transportida tashiladi. Yirik portlari: Kochin va Kojikode. Keshyu yongogi, choy, kofe, dorivor osimliklar, limon oti moyi, dengiz mahsulotlari eksport qilinadi.

Kadimda Kerala ornida Mera davlati bolganligi mil. av. 3-asrga oid manbalarda aytilgan. Kerala hududita 1498 yilda portugallar, 1663 yilda gollandlar, 18-asr ortalarida fransuz va inglizlar kelib ornashgan. 1792 yilda Keralaning shim. qismi Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasiga qoshib olindi. Hindiston mustaqillikka erishgach, Tavanpur-Kochin shtati tuzildi. 1956 yilda uning asosida hozirgi Kerala shtati tashkil etildi.