ⓘ Kigizchilik - kigiz tayyorlash kasbi. Kadimdan, asosan, chorvachilik bilan shugullanadigan xalqlar orasida keng tarqalgan. Orta Osiyo va Qozogiston, jumladan, O ..

                                     

ⓘ Kigizchilik

Kigizchilik - kigiz tayyorlash kasbi. Kadimdan, asosan, chorvachilik bilan shugullanadigan xalqlar orasida keng tarqalgan. Orta Osiyo va Qozogiston, jumladan, Ozbekiston hududi da kigizning guldor, ifodali rang-barang naqshli turlari tayyorlangan. K. b-n, asosan, ayollar shugullanadi. Yuvib tozalangan va savalangan jun navlari boyicha ajratiladi. Hollangan jun namat qolip ustiga tekis yoyiladi: avval guli hosil qilinadi, song oraliq va navbati bilan orqaliq qismlari bir tekis yoyib chiqiladi, ustidan qaynoq suv quyiladi, song namat dumalatib orab yigiladi, arqon bilan boglanadi. Oram oyoq bilan tepiladi, bilaklanadi, dumalatiladi, vaqt-vaqti bilan suv sepib hollab turiladi. Malum vaqtdan song oram yechiladi, suv sepiladi va yana oraladi hamda tayyor bolgonga qadar bostirish davom ettiriladi. Song tayyor bolgan kigizga songgi pardoz beriladi, yani chetlari tortiladi, tekislanadi, ortiqcha tuklari qirqib tashlanadi. K.da oq, kulrang va rangli kigiz xillari tayyorlangan.

Kigizning oyoq kiyimi ichiga solinadigan yupqaroq turi patak tayyorlash ham K.da alohida bir sohani tashkil qiladi. 20-asrda sanoatda kigiz tayyorlashning yolga qoyilishi K. taraqqiyotini birmuncha susayishiga olib keldi yana q. Kigiz bosish.