ⓘ Kimberli, kon. Kimberli - JARning Kap provinsiyasi shim.dagi olmos konlari guruhi. Kimberli sh. yonida 1867 y.da tasodifan topilgan. Mayd. 195 ming m2 gacha. 5 ..

                                     

ⓘ Kimberli (kon)

Kimberli - JARning Kap provinsiyasi shim.dagi olmos konlari guruhi. Kimberli sh. yonida 1867 y.da tasodifan topilgan. Mayd. 195 ming m2 gacha. 5 yirik va 10 dan ortiq mayda olmos konlaridan iborat. Olmosli trubkalarning kondalang kesimi 15 m dan 800 m gacha. Chuqurlashgan sayin trubkalarda olmos kam uchraydi. Dyutoytspan trubkasi eng katta kon hisoblanadi. Olmos donalari 550 - 750 m chuqurlikdan olinadi, ularning yarmisi texnik olmoslardir. Rangi sariq, bazan yashil. K. konlarining eng muhim xususiyatlaridan biri, u yerdan olinadigan olmoslar kop qismining vazni 200 karat dan ortiq bolishidir. "Premyer" konida dunyoda eng yirik 3106 karatli "Kullinan" olmosi topilgan.