ⓘ Kirxgof qoidalari - tarmoqlangan zanjirning istalgan qismidagi tok kuchini shu qismlardagi berilgan qarshiliklar va qoyilgan EYUKlar boyicha aniqlashga imkon be ..

                                     

ⓘ Kirxgof qoidalari

Kirxgof qoidalari - tarmoqlangan zanjirning istalgan qismidagi tok kuchini shu qismlardagi berilgan qarshiliklar va qoyilgan EYUKlar boyicha aniqlashga imkon beruvchi qoidalar. Otkazgichlarning tarmoqlangan elektr zanjiridagi ozgarmas tok yoki kvazistatsionar tok lar va kuchlanishlar orasidagi munosabatlarni ifodalaydi. 1847-yilda G.R.Kirxgof aniqlagan.

Tarmoqlangan zanjirda kamida uchta otkazgich tutashadigan har qanday nuqta tugun deb ataladi. Kirxgofning birinchi qoidasiga kora, otkazgichlarning uchlari tutashgan nuqta tugun da uchrashuvchi tok kuchlari 1k ning algebraik yigindisi nolga teng: £ Ik = 0, bunda k - tugunga kelib qoshilayotgan otkazgichlar soni. Tugunga kelayotgan toklar musbat, undan chiqayotganlari manfiy deb hisoblanadi. Bu qoida elektr zaryadining saqlanish qonunini aks ettiradi. Kirxgofning ikkinchi qoidasiga kora, otkazgichlarning tarmoqlangan elektr zanjiridagi ixtiyoriy tanlangan har qanday berk konturda zanjirning tegishli qismlaridagi tok kuchlari 1K ning shu qismlar qarshiliklari R ga kopaytmalari yigindisi mazkur konturdagi EYUKlari yigindisiga teng, yani X/tRk = X ek, bunda ya-konturning tegishli qismlari. Tokning yonalishi bilan konturning yonalishi soat mili yonalishi boyicha bolsa va EYUK kontur yonalishida tok hosil qilsa, tok va EYUK musbat, aks holda esa ular manfiy qiymatga ega boladi.

                                     
  • zanjirlar bo ylab oquvchi elektr tokining taqsimlanish qonuniyatlari q. Kirxgof qoidalari ni yaratgan va elektr potensiali tushunchasini fizikaga birinchi bo lib
  • qonunining tarmoqlangan elektr zanjiri uchun umumlashgan ko rinishi Kirxgof qoidalari bilan tushuntiriladi. O zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000 - yil
  • zanjir tarmoqlarining har biridan oqayotgan tok kuchi va yo nalishi Kirxgof qoidalari asosida hisoblanadi. O zgarmas tokdan turli sanoat tarmoqlarida, mas