ⓘ Kitob surxagi, Surhaq, Gov surhaq - xalq seleksiyasida chiqarilgan eng ertapishar xoraki uzum navi. Vatani - Markaziy Osiyo. Ekologik-geografik jihatdan Sharqiy ..

                                     

ⓘ Kitob surxagi

Kitob surxagi, Surhaq, Gov surhaq - xalq seleksiyasida chiqarilgan eng ertapishar xoraki uzum navi. Vatani - Markaziy Osiyo. Ekologik-geografik jihatdan Sharqiy guruh navlariga kiradi. Bargi ortacha, shakli dumaloq, 5 bolakli, ortacha kertikli. Guli 2 jinsli. Uzum boshi yirik, ogirligi 400 - 500 g, shakli konussimon, shingillari zich. Gujumlari yirik, toq pushti rang. Etdor, sershira, posti ortacha qalinlikda, karsillaydi, gujumi tarkibida 15.5% qand bor, nordonligi 3.3 g/l. Har gujumida Z dona urugi bor. Tupi kuchli osadi. Sovuqqa chidamsiz bolganligi sababli qishda komish kerak. Kul va barg orovchilaridan kam zararlanadi. Iyun oxiri - iyul boshlarida pishadi. Toshkent viloyatida kurtak yozishidan boshlab gujumlari toliq pishishi uchun 100 kun talab qilinadi. Kop zang qoldirib, yelpigichsimon shakl berib ostirilganda toklar yaxshi hosil beradi. Hosildorligi 160 - 220 s/ga. Ozoq joylarga yuborishga chidamsiz. Gujumlari toliq pishgach, 8 - 12 kunda hosil yigishtirib olinadi, aks holda tashqi korinishi va tamini yoqotadi. Surxondaryo, Toshkent, Samarqand viloyatlarida ekiladi. Ozbekistonda barcha viloyatlar uchun r-nlashtirilgan.