ⓘ Kichik va orta biznes - mustaqil mulk egaligiga, xojalik faoliyatini mustaqil tashkil etishga asoslangan va oz tarmogida hukmron mavqe tutmaydigan biznes. Turli ..

                                     

ⓘ Kichik va orta biznes

Kichik va orta biznes - mustaqil mulk egaligiga, xojalik faoliyatini mustaqil tashkil etishga asoslangan va oz tarmogida hukmron mavqe tutmaydigan biznes. Turli mamlakatlarda K. va o.b. subyektlari maqomini belgilab beruvchi mezonlar sifatida korxonada band bolgan ishlovchilar soni, korxonaning tovar aylanmasi, aktivlar, kapitallar, foyda miqdori va boshqa korsatkichlardan foydalaniladi. Mas, AQShda kopgina tarmoqlarda ishlovchilar soni 100 kishidan, ishlov beruvchi sanoatda 500 kishidan kam xodimlar ishlaydigan korxonalar kichik biznesga kiritiladi.

Ozbekiston K. va o.b. subyektlarini aniqlashda korxonada ishlovchilar soni mezon qilib olingan. Kichik biznesga, mulk shaklidan qati nazar, yiliga sanoat korxonalarida orta hisobda 10 nafargacha, savdo, xizmat korsatish va boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 5 nafargacha ish bilan band xodimga ega bolgan mikrofirmalar; ishlab chiqarish sohasida yiliga orta hisobda 40 nafargacha, qurilish, qishloq xojaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 nafargacha, ilm-fan, ilmiy xizmat korsatish, chakana savdo hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 10 nafargacha ish bilan band xodimga ega bolgan kichik korxonalar kiradi. Kichik korxonalar uchun yiliga belgilangandan ortiq, lekin ishlab chiqarish sohasida 100 nafardan, qurilishda 50 nafardan, qishloq xojaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida, ulgurji savdoda 30 nafardan, chakana savdo, xizmat korsatish hamda boshqa noishlab chiqarish sox.alarda 20 nafardan oshmaydigan ish bilan band xodimga ega bolgan korxonalar orta biznes korxonalari hisoblanadi.

K. va u.b. rivojlangan va rivojlanayotgan har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. K. va o.b. sharoitga tez moslashuvchanlik bilan ajralib turadi, uning faoliyatini yolga qoyish katta miqdordagi dastlabki kapitalni talab qilmaydi. K. va o.b. yirik biznes uchun qulay bolmagan sohalarda avj oladi. K. va o.b. kichik bozorlarda faoliyat olib borish, mahalliy resurslardan foydalanish, ishsizlik muammosini xal qilish, mehnat unumdorligini oshirish, orta mulkdorlar qatlamini shakllantirish va ichki bozorni istemol tovarlari bilan toldirishda muayyan afzalliklarga ega. Kichik korxonalar odamlarda sohibkorlik, tadbirkorlik, mulkka egalik qobiliyatlarini royobga chiqarish, ularda ishbilarmonlik konikmalarini hosil qilish va rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Ozbekistonda K. va o.b. tarixiy ildizga ega. Bu yerda azaldan hunarmandchilik rivojlangan. Toqimachilik, kosibchilik, kulolchilik, amaliy sanat, ganchkorlik, temirchilik, oymakorlik bilan shugulla-niladigan kichik-kichik ustaxona va dokonlar kop bolgan. Ozbekistonda mavjud K. va o.b. korxonalari sanoat, qurilish, savdo, maishiy, tibbiy, transport xizmatlari korsatish, ilmiy, texnikaviy axborot xizmati sohalarida, qishloq xojaligida faoliyat korsatadi. K. va o.b.ni qollabquvvatlashga xizmat qiladigan sugurta kompaniyalari, injiniring va lizing xizmati tashkilotlari mavjud. K. va o.b. korxonalariga komaklashadigan Respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, "Biznes-fond", "Madad" sugurta kompaniyasi tashkil qilingan. K. va orta korxonalar uchun soliq imtiyozlari, imtiyozli kredit ajratish tizimi ham mavjud.

K. va o.b. korxonalari fukarolar, oila azolari va boshqa hamkorlikda mehnat yurituvchi shaxslar, davlat, idora, jamoa, qoshma korxonalar, jamoat tashkilotlari, shirkat, hissadorlik jamiyatlari, xojalik uyushmalari, ortoqlik tashkilotlari, yuridik tashkilot maqomiga ega bolgan korxona va tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin. Ozbekistonda royxatga olingan K. va o.b. korxonalarining soni 202 mingtaga yetdi. Ularning 57.7% ishlab chiqarish, 42.3% noishlab chiqarish tarmoqlariga togri keladi. Ular ishlab chiqargan mahsulot mamlakat YAIMning 24.5% ni tashkil etdi, jami ish bilan band aholining 53% shu biznes sohasida ishladi 2002. Ozbekistonda K. va o.b. iqtisodiy va huquqiy munosabatlari Ozbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari togrisida" 1999 yil 14 aprel va "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari togrisida" 2000 yil 25 may qonunlari bilan tartibga solinadi.

Shonazar Ermamatov.