ⓘ Klavixo, elchi. Klavixo, Rui Gonsales de Klavixo - Kastiliya qiroli Genrix III ning Amir Temur huzuriga yuborgan 2-elchiligi rahbari. K. qad. va badavlat xonado ..

                                     

ⓘ Klavixo (elchi)

Klavixo, Rui Gonsales de Klavixo - Kastiliya qiroli Genrix III ning Amir Temur huzuriga yuborgan 2-elchiligi rahbari. K. qad. va badavlat xonadonda tugilgan. Elchilar 1403 yil 22 mayda Kadis shahridan yolga chiqib, 15 oydan song Samarqandga yetib kelgan. K. tomonidan yozilgan elchilik kundaligi bosib otilgan manzillar ning batafsil bayoni va etnografik malumotlardan tashqari, Amir Temur saltanatining mukammal siyosiy-iqtisodiy tafsilotidan iborat. K.ning safar xotiralari 1-marta 1582 i. Argonte de Molina shahrida "Buyuk Temur tarixi" nomi bilan nashr etilgan. Asarda Amir Temurning Samarqanddagi Bogi Dilkushoda otkazgan qabul marosimi, ushbu bog tavsifi, shuningdek, Amir Temurning obodonchilik soxasida olib borgan siyosati batafsil bayon etilgan. U Yaqin Sharq va Orta Osiyo xalqlari tarixi boyicha qimmatli manba hisoblanadi.