ⓘ Kleyonka - nam otkazmaydigan modda qoplangan maxsus mato. Qoplama materialiga qarab, moyli, latekli va polivinilxloridli K.lar boladi. Kleyonkach.da xom surp, s ..

                                     

ⓘ Kleyonka

Kleyonka - nam otkazmaydigan modda qoplangan maxsus mato. Qoplama materialiga qarab, moyli, latekli va polivinilxloridli K.lar boladi. Kleyonkach.da xom surp, sarja, viktoriya, diagonal, belting va boshqa gazlamalardan foydalaniladi. Moyli K. tayyorlashda, olif qaynatiladi va uning asosida kaolinli hamda boyoqli gruntlar tayyorlanadi. Songra bu gruntlar oldindan tozalangan va dazmollangan matoga bir necha qatlamda surkalib, kalandrdan otkaziladi va har qaysi qatlam quritiladi. Keyin kerakli rasmlar chizilib loklanadi. Lateks K. tayyorlashda lateks gruntlar tayyorlanadi, matoga tayyorlangan gruntlar bilan 4 - 6 marta ishlov beriladi; bunda har qaysi ishlov berishda mato quritib olinadi. Bosma boyoq, beriladi, loklanadi, bosma gul solinadi va vulkanizatsiyalanadi. Polivinilxloridli K. polivinilxloridning emulsiyali va suspenziyali turlaridan ishlab chiqariladi. Bunday tayyorlangan qorishma mato sirtiga surkalib termik ishlov berib olinadi. K. texnika, tibbiyot, uy-rozgor, maishiy korxonalar, matbaa va boshqa kop sohalarda ishlatiladi.