ⓘ Kloakalilar, tuxum qoyuvchilar, bir teshiklilar, dastlabki darrandalar - hozirgi sut emizuvchilarning eng tuban tuzilgan kenja sinfi. Qazilma qoldiklari Avstral ..

                                     

ⓘ Kloakalilar

Kloakalilar, tuxum qoyuvchilar, bir teshiklilar, dastlabki darrandalar - hozirgi sut emizuvchilarning eng tuban tuzilgan kenja sinfi. Qazilma qoldiklari Avstraliya va Jan. Amerikada pleystotsen davri qatlamlaridan malum. Sut emizuvchilarning sudralib yuruvchilarga oxshash umumiy ajdodidan kelib chiqqan, lekin keyinchalik mustaqil rivojlangan. Bosh qutisi togayining tuzilishi, bosh qutisi qopqogi suyaklarining ozaro nisbati, yelka kamarida qorakoid va prokorakoid suyaklari bolishi, yuragi va bosh miyasi tuzilishi sudralib yuruvchilarnikiga oxshaydi. Tanasining oz. 30 - 80 sm. Voyaga yetgan K.da tish bolmaydi. Oshqozonida xazm bezlari yoq. Jinsiy va ayirish sistemasi nayi, ichagi kloakaga ochiladi. Tana harorati nisbatan past, 25° dan 36° gacha, 1 - 2 ta, bazan 3 ta tuxum qoyadi. Tuxumini xaltasida olib yuradi yoki uyada bosib yotadi. Bolasini sut bilan boqadi. Sut bezlari sorgichi bolmaydi. Suti terisi ustiga oqib chiqadi, bolasi uni yalaydi. Bitta turkum - bir teshiklilarni oz ichiga oladi. Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Gvineyada tarqalgan. 2 oilasi bor. Soni kamayib ketgan.