ⓘ Covent Garden. KOVENT-GARDEN, Qirol opera teatri K G. - Londondagi opera va balet teatri, Angliya opera sanatining eng yirik markazi. 1732 yilda tashkil topgan. ..

                                     

ⓘ Covent Garden

"KOVENT-GARDEN", "Qirol opera teatri K G." - Londondagi opera va balet teatri, Angliya opera sanatining eng yirik markazi. 1732 yilda tashkil topgan. 1930- yillardan Davlat teatri. "K G."da dastlab dramatik, musiqali va balet spektakllari bilan birga sirk tomoshalari ham namoyish etilgan. 18- a. ortasidan musiqali spektakllar, 1847 yil dan boshlab faqat opera va balet spektakllari qoyiladi. Repertuaridan mumtoz hamda 20-asr, jumladan, Angliya kompozitorlari asarlari orin olgan. 19-asr oxiridan barcha operalari muallif yozgan tilda ijro etiladi. Yevropaning eng mashhur dirijyorlari hamda xonandalari "K G." spektakllarida ishtirok etgan. Teatr rivojiga Angliya dirijyorlaridan T. Bichem, G. Vud, A. Kouts, Ch. Makkeras, xonandalaridan J. Saterlend, M. Kolyer, G. Jons, G. Evans, P. Glossop, D. Uord va boshqa katta hissa qoshgan. 1946 yildan "K G." sahnasida "Sedlers Uells balle" truppasi balet spektakllari qoyilmoqda. Hozirgi binosi 1858 yilda qayta qurilgan.