ⓘ Koguryo - qad. koreys qabilasi, keyinchalik milodning dastlabki asrlarida Koreya ya.o.dagi 3 ta davlat dan biri. K. qabilasi milodiy 1-asr boshiga kelib Amnokka ..

                                     

ⓘ Koguryo

Koguryo - qad. koreys qabilasi, keyinchalik milodning dastlabki asrlarida Koreya ya.o.dagi 3 ta davlat dan biri. K. qabilasi milodiy 1-asr boshiga kelib Amnokkan daryosining orta oqimidagi hududlarda istiqomat qilgan. K. davlati 4-asr oxirida ravnaq topgan. 612 yil u Xitoydagi Suy sulolasining bosqinchilik yurishini qaytargan. 668 yil Xitoyning Tan sulolasi qoshinlari Silla davlati bilan ittifokdikda K.ni tor-mor qilgan. K. yerlari ular ortasida taqsimlab olingan.

                                     

1. Koguryo qirolligi

Koguryo Goguryo qirolligi - Shimoliy Koreya va Manchjuriyaning orta va janubiy qismida mavjud bolgan 3 qirollikdan biri. Koguryo37 - milodiy 668-yillarda mavjud bolgan. Koguryo dastlab qabilaning nomi bolgan. I asr boshlarida koguryoliklar Yalutszyan koreyscha Amnokkan daryosining orta oqimi boyida istiqomat qilishgan. Koguryo haqidagi birinchi batafsil malumot Xitoy sulolalari tarixi San go chji, III asrda korsatib otilgan. Unga kora, Kochoson urushidan keyin, koguryoliklar Syuantu okrugi tarkibiga kiritilgan. Koguryo 37-yilda esa Koguryo qirolligi tashkil topgan.

Koguryo qirolligiga Tonmyonson asos solgan. Uning tugilishi haqida bir afsona bor. Bir Puyo podshosi daryolar xudosi Xebo "Daryo xudosi"ning qizini oziga xotin qilib olgan. Podsho darhol xotinini qamab qoyadi, ammo u quyosh nurlaridan homilador bolib qoladi va katta tuxum tugadi. Podsho tuxumni yoq qilmoqchi boladi, lekin hech narsa qila olmagach, tuxumni xotiniga qaytarib beradi va u tuxumni parvarishlaydi. Tez orada tuxumdan bolakay chiqadi, unga Jumong Chjumen deb ism qoyishadi, uning ismi "mohir mergan" manosini anglatgan. Puyoliklar uni oldirmoqchi bolishgan, biroq podsho bunga ijozat bermagan. U Jumongga otlarni boqish uchun farmon berdi. Qishki ov paytida Jumong birgina kamon oqidan foydalanib, hayvonlarni toldirib tashladi va bu buyuk odam rashkdan ularni oldirishni xohlab qoldi. Onasining maslahati bilan Jumong janubi-sharqdagi Yanveydonga jonab ketadi. Taqibdan qochayotgan paytida Jumong daryodan uni himoya qilishini soraydi, keyin esa baliq va toshbaqalardan kopirik yasalib, Jumong daryodan kesib otadi. U qirgoqning narigi tarafida 3 ta odamni uchratadi va ular Jumong bilan birga Xeshengu shahriga borishadi. Bu yerda Jumong Koguryo xitoycha Gaogouli yoki Gaoszyunli davlatiga asos soladi. Puyo asoschisi bilan Tonmyon haqidagi afsonalar bir-biri bilan bogliq. Dastlabki qirollarning royxatlari Samguk Sagi va Xitoy xronikasi Beyshida keltirilgan. Jumongning xotini Puyoda qolgan va ogil farzand Shilyuyseni dunyoga keltirgan. Jumong Koguryoni boshqaryotgan paytda, Shilyuyseni ismini Lyuyda-Yurimyon bilan almashtirishadi va u onasi bilan otasining oldiga jonab ketadi. U ogliga davlat ishlarini orgatdi. Jumong olgach, uning vorisi Yuri, keyin esa nabirasi Juli-Temusin boldi. Julidan keyin esa uning ogli Molay-Mobon boshqardi.

Poytaxti - Cholbon m.a. 37 - milodiy 4, Kunne 4 - 427, Pyongyan Pxenyan; 427 - 668. Koguryo 244 - 246-yillarda Vey davlati bilan urush olib boradi. 313-yilda esa Dayfan va Lolan okruglarini bosib olib, xitoyliklarni butunlay oz hududidan quvib chiqaradi. Shundan song Koguryo kuchli qirollikka aylanadi. Kvangetxo Buyuk davrida esa oz qudratining choqqisiga erishadi. Koguryo 598 - 614-yillardagi Suy bosqinchilarining ham yurishlarini mardonavor qaytaradi. 645-yilda esa Tan imperatori Li Shi Min 700 ming kishilik qoshin bilan Koguryoga yurish boshlaydi. 648-yilda esa Tan imperiyasining qoshinlari butunlay tor-mor keltiriladi. 661-yilda esa ikkinchi Koguryo-Tan urushi bolib otadi. Bu safar ham Koguryo galaba qozonadi. Biroq 666-668-yillardagi uchinchi urushda Silla-Tan ittifoqi Koguryoni tamomila bosib olishadi. Shu 645-yilgi Koguryo-Tan urushi. tariqa, shimoli-sharqiy Osiyodagi 5 ta qudratli davlatdan biri sharmandalarcha maglub etildi. Imperiya bosib olingan 5 viloyat, 176 shahar, 667000 Samguk Sagi boyicha: 990000 xonadonni 9 dududfu noiblik, 42 viloyat va 100 uyezdga aylantirishadi. Ularning barchasi Andun duxufu harbiy noiblik tarkibiga kiritiladi. Uning birinchi noibi Syue Jenguy bolgan.

Qoshimcha malumotar. 612-yilda Xitoyning Suy sulolasi bosqinchilik yurishlarini qaytargan. Bu kurashda qomondon Ul Chimundoq galaba qozongan. 645-yil bahorda Tan imperatori Min Li Shi Min; 627-649 yy Koguryoga yurish boshlaydi. Imperator Minning 700 ming kishilik qoshini bor edi. Imperator Min Ansi qal’asiga hujum qiladi. Ansi qal’aboshisi Yan Manchun imperator Minni qaqshatqich maglubiyatga uchratadi. Imperator Minning esa bir kozi jarohatlanadi. Imperator orqaga chekinayotgan paytida Lauze botqogida Koguryoning bosh qomondoni Yon Kesamun unga yetib oladi. Botqoqdan kop sonli qurbonlar yoqotib, Tan poytaxti Chananga zorga yetib boradi. Tarixiy manbalarga kora, imperator Min 649-yilda ogir kasallikdan vafot etadi. 661-yilda Tan imperiyasi oliy qomondon Li Chin boshchiligida Koguryoga ikkinchi yurishini boshlaydi. Bu yurish ham kutilgan natija bermaydi. Qomondon Yon Kesamun Tan gazandalarini quvib borib, Buyuk Xitoy devorini kesib otadi va Pekin hamda Shandun olkalarini qolga kiritadi. Yon Kesamunning bu yurishidan song Pekin va Shandun olkalarida Koryochjen, Koryopan jugrofiy nomlari vujudga keladi. 666-yilda Tan imperiyasi Koguryoga uchinchi yurishini boshlaydi. Urushga bahona vazifasidan chetlashtirilgan marhum Yon Kesamunning tongich ogli Yon Namsengni vazifasiga qaytarish edi. Bu paytda Yon Namgeun Koguryo qoshining bosh qomondoni edi. Bu safar ham Tan qoshiniga qomondon Li Chin boshchilik qiladi. 667-yil sentabr oyida Tan qoshinlari Lyadonning old himoya chizigi bolgan Sin qal’asini qolga kiritadi. Buning natijasida atrofdagi 16 ta mayda qal’alar dushman qol ostiga otadi. 668-yil fevral oyida oliy qomondon Li Chin sarkarda Syue Jenguyga Koguryoning asosiy taminot zaxirasi bolgan Puyo qal’asini egallashni buyuradi. Puyoning egallanishi Lyadonning janubiy sarhadlari ancha zaiflashganini bildirardi. 668-yil Silla qiroli Munmu 200 ming kishilik qoshin bilan Koguryoning ikkinchi poytaxti hisoblanuvchi Xan qal’asini qolga kiritadi. Munmuning maqsadi Xan qal’asini bosib olib, butun Xvanxe hududini egallash edi. Nihoyat, Silla qoshini Pyongyanga yetib kelib, Tan qoshini bilan birlashadi. 668-yil sentabrda ittifoqchilar Pyonyganni egallashadi. Ular Pyongyanni yoqib yuborib, Koguryoning songi 28-qiroli Pojon va oz joniga qasd qilib omon qolgan Yon Namgeunni asir olishadi. Shu tariqa shimoli-sharqiy Osiyodagi 5 ta qudratli davlatdan biri sharmandalarcha barham topadi. Tan imperiyasi Koguryoni 9 ta viloyat, 42 ta bolinma va 100 ta tumanga bolib, boshqarish oson bolishi uchun markazi Pyongyan bolgan Andun ulusini tashkil qilishadi. 3 qirollik tarixiy manbalariga kora, Andun ulusiga noib etib sarkarda Syue Jenguy tayinlangan.

                                     

2. Manbalar

  • 7-sinf jahon tarixi. T.Salimov, S.Mahkamov.2013
  • Darveshlar qirolligi yoxud Afsonalar yurti tarixi. S.Bekchanov, N.Ollaberganov.2014
  • OzMe 1-12 jild. T.:2000-2005