ⓘ Kodon - genetik kodning muayyan birligi. K. informatsion ribonuklein kislotaning bir qismi bolib, triplet harakteriga ega, yani ketma-ket joylashgan uchta nukle ..

                                     

ⓘ Kodon

Kodon - genetik kodning muayyan birligi. K. informatsion ribonuklein kislotaning bir qismi bolib, triplet harakteriga ega, yani ketma-ket joylashgan uchta nukleotidlar toplamidan iborat. K. bitta aminokislota qoldigini, oqsil sintezining boshlanishi yoki tamom bolishi ni ifodalovchi belgi hisoblanadi. 64 ta K.dan 61 tasi aminokislotalarni, oqsil biosintezining boshlanishi va tugallanishini ifodalaydi. Bitta aminokislotaga bittadan oltitagacha K. togri keladi. Yonma-yon turgan K.lar bir-birini qoplamaydi, yani birinchi K.ning oxirgi nukleotidi undan keyingi K.ning boshlangich nukleotidi bololmaydi. K.lar universal harakterga ega, yani barcha tirik organizmlar uchun umumiy boladi.