ⓘ Kokil mashinasi - kokil quyma olishga imkon beruvchi mashina. Kokil mashinasida kokil pallalarini ochibyopish, kuyma sterjenlarni ornatish, kokilga metall quyis ..

                                     

ⓘ Kokil mashinasi

Kokil mashinasi - kokil quyma olishga imkon beruvchi mashina. Kokil mashinasida kokil pallalarini ochibyopish, kuyma sterjenlarni ornatish, kokilga metall quyish, tayyor quymani kokildan chiqarish, tozalash va ularning ichki yuzalarini boyash ishlari bajariladi. Bir pozitsiyali va kop pozitsiyali xillari bor. Bir pozitsiyali universal Kokil mashinasida kokilni almashtirib, turli quymalar olish mumkin. Kokil pallalari Kokil mashinasi yonaltirgichlarida suriladigan pli-talarga ornatiladi. Mashina qismlari pnevmatik va gidravlik usullarda harakatlantiriladi. Kop pozitsiyali Kokil mashinasi karusel va konveyerli turlarga bolinadi. Karusel Kokil mashinasi aylanib turuvchi stolga ornatilgan bir nechta bir pozitsiyali mashinalardan iborat boladi. Konveyerli Kokil mashinasidagi transportyor qurilmasida bir pozitsiyali Kokil mashinasi yoki kokillar harakatlanadi. Kokil mashinasi avtomat liniyalar tarkibiga kiradi. Bunday liniyada induksion elektr pechlar, quyish mashi-nasi, ikkita karusel Kokil mashinasi, quymani termik ishlaydigan ikkita agregat va transportyor qurilmasi boladi.