ⓘ Koksit - chanoqson bogimining yalliglanishi. K.ga kopgina infeksion kasalliklar, shuningdek, yiringli infeksiyalar sabab boladi. Organizmning zaiflashuvi, bolal ..

                                     

ⓘ Koksit

Koksit - chanoqson bogimining yalliglanishi. K.ga kopgina infeksion kasalliklar, shuningdek, yiringli infeksiyalar sabab boladi. Organizmning zaiflashuvi, bolalarning yuqumli kasalliklari ham bazi hollarda K.ga olib kelishi mumkin. Sil koksiti va silga aloqasi yoq K. farq qilinadi.

Sil koksiti, odatda, 5 - 10 yashar bolalarda uchraydi. Kasallik asta-sekin boshlanadi. Dastlab sil intoksikatsiyasi yuzaga chiqadi: bolaning ishtahasi yoqoladi, boshashadi, injiqlanadi, oza boshlaydi, temperaturasi kotariladi, uzoq yurganda oqsaydi, tizzasi ogriydi, lekin bogim harakati cheklanmaydi. Bola kechasi uyqusida bezovtalanadi, ogriyotgan tomonini avaylab, sog yonboshi bilan yotadi. Oqsoklanish va ogriq borgan sari zorayadi. Chanoq-son bogimi sohasida ogriq kuchli boladi, bemor oyogini bosa olmay qoladi. Oyoq ingichka tortib, muskullari atrofiyalanadi, shakli ozgaradi, kasallangan tomondagi chanoq yuqoriga kotarilib. oldinga egiladi; umurtqa pogonasi yon tomonga skolioz yoki oldiga egilishi lordoz mumkin. Bogim xaltachasiga yiring toplanib, yoriladi. Bogim va suyak chiriydi. Natijada son suyagi bogimdan chiqadi, artroz rivojlanadi.

Gripp, angina, skarlatina va boshqa infeksion kasalliklar, sepsis, turli shikastlanishlar silga aloqasi yoq K.ga sabab bolishi mumkin. Bu barcha yoshdagi kishilarda kuzatiladi. Kasallik muddati uning kechishiga, organizmning qarshilik kuchiga va bemorning yoshiga bogliq. Oz vaqtida togri davo qilinsa, kasallik uzoq chozilmaydi, asoratlarning oldi olinadi, eng muhimi bogim harakati saqlab qolinadi.

D a v o s i. Organizmning quvvatga kiritadigan dorilar buyuriladi, silga qarshi davo qilinadi, kasallanganbogimning qimirlamay togri turishiga qaratilgan choralar gips boglov koriladi. Zarur bolsa, jarrohlik usuli qollanildadi. Maxsus kurortlarda davolanish tavsiya etiladi.