ⓘ Kolloid eritmalar, z o l a r -zarrachalarining olchami 1 nm dan 100 nm gacha bolgan yuqori dispers sistemalar. Kolloid eritmalar gazeimon, suyuq va qattiq holat ..

                                     

ⓘ Kolloid eritmalar

Kolloid eritmalar, z o l a r -zarrachalarining olchami 1 nm dan 100 nm gacha bolgan yuqori dispers sistemalar. Kolloid eritmalar gazeimon, suyuq va qattiq holatda boladi. Kolloid eritmalar mono- va polidispers holatlarda boladi. Monodispers holatdagi Kolloid eritmalar faqat sintetik yol bilan olinishi mumkin. Polidispers Kolloid eritmalar 2 usulda olinadi: yirikroq zarrachalarni maydalash va molekula yoki ionlardan yirikroq zarrachalar hosil qilish, yani agregatlash.

Dispergatsiya usulida Kolloid eritmalar hosil qilish uchun qattiq jism stabilizator bilan birga kukun qilib maydalanadi yoki elektr yohud ultratovush yordamida suyuqlik ichida kukunga aylantiriladi. Kolloid eritmalarni kislota, asos va tozlardan tozalashda dializ, ultrafiltrlash, elektrodializ, ultratsentrifugalash usullaridan foydalaniladi.

Kolloid eritmalar juda kichik osmotik bosim, suyet diffuziya va Broun harakatiga ega. Zarrachalar zaryadli bolganligi tufayli, ular elektroforez jarayonida elektrod tomon harakat qiladi.

Ota yuqori disperslikka ega bolgan Kolloid eritmalar zol deb ataladi. Zollarni nomlashda dispersion muhitni hosil qiluvchi modda asos qilib olinadi: dispersion muhit suv bolsa, gidrozol, organik modda bolsa, organzol, keyingilari kimyoviy tarkibiga kora benzozol, alkozol va boshqa deyiladi. Agar dispersion muhit gaz bolsa, bunday zol aerozol, suyuq dispersion muhitga ega bolgan zollar esa liozollar yun. lios - suyuqlik deb ataladi. Dispers faza zarrachalari bilan dispersion muhit zarrachalari orasidagi boglanishga qarab, Kolloid eritmalar liofob va liofil zollarga bolinadi. Liofob zollarga dispers platina, kumush, oltingugurt zollari misol bola oladi. Liofil zollarda esa bu boglanish kuchli boladi, ularga oqsil, jelatina, pepsin va yuqori molekulyar moddalarning eritmalari kiradi.

Kolloid eritmalar sanoat, qishloq xojaligi va tibbiyotda muhim rol oynaydi. Barcha tirik organizmlar toqimalari va hujayralarining asosini tashkil etuvchi oqsil, nuklein kislotalar, kraxmal, glikogen kabi moddalar Kolloid eritmalar holida uchraydi. Tuproqning unumdorligi uning Kolloid eritmalar xrlidagi qismining fizik-kimyoviy xossalariga, sement, chinni, keramika, sir va boyoqlar sifati ularning disperelik darajasi hamda Kolloid eritmalarning xossalariga bogliq. Kolloid eritmalar charm, qogoz, gazlama, suniy ipak, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida ham keng qollaniladi.