ⓘ Kombinatsiyalangan drenaj -ortiqcha grunt suvlarini oqizib yuborish maqsadlarida quriladigan gorizontal zovurlar va suvi otilib chiquvchi quduklar tarmogi. Tupr ..

                                     

ⓘ Kombinatsiyalangan drenaj

Kombinatsiyalangan drenaj -ortiqcha grunt suvlarini oqizib yuborish maqsadlarida quriladigan gorizontal zovurlar va suvi otilib chiquvchi quduklar tarmogi. Tuproqgrunt tuzilishi ikki qatlamli hollarda, yani suvni suyet otkazadigan qatlam tagida yuqori filtratsiya koeffitsiyentga ega bolgan qatlam yotganda qollaniladi. Odatdagi zovurlarga ostki qatlamdan grunt suvlari oqib chiqishini kuchaytirish uchun ularga vertikal quduqlar - kuchaytirgichlar qoshiladi. Zovurlardagi suv sathi va drenajlar oraligidagi yer osti suvlari bosimi har xilligi tufayli grunt suvlari ozi oqib keladi. Suv yigilishini kuchaytiruvchi vertikal quduqning diametri 200–500 mm bolib, suvli qatlam joylashgan chuqurlikkacha kavlanadi; quduqqa filtrli quvur tik ornatiladi. Quvurning tepa uchiga uch yonalishli suv taqsimlagich ornatilib, undan quduq ishi kuzatiladi va joriy tuzatish ishlari otkaziladi. Quduqlar ochiq va yopiq drenaj tarmoqlarida, shuningdek, berk vodovodlarda qollaniladi. Ular zovurlar boylab bir-biridan 50–500 m oralikda quriladi, har bir quvurdan chiqadigan suv sarfi 2 - 5 l/s ga boradi. Kombinatsiyalangan drenaj - fenajning nisbatan yangi usuli. Kombinatsiyalangan drenajning yirik tarmoqlari Qarshi choli, Xorazm va Buxoro vohalarining ozlashtirilayotgan yerlarida barpo qilingan. Kombinatsiyalangan drenaj tarmoqlari uzunligini 2 - 3 marta qisqartirish imkoniyatini beradi; kuchaytirgich quduqlarni berk vodovodlar bilan birga qurish natijasida tarmoqni loyqa bosmaydi, bu esa melioratsiya tizimini ishlatishda harajatlarni kamaytiradi.

Masharif Boqiyev.