ⓘ Kommunal gigiyena, aholi yashaydigan joylar gigiyenasi - gigiyenasining bir bolimi. Aholi yashaydigan joylarda uy-joy sharoiti va atrof muhit omillarining aholi ..

                                     

ⓘ Kommunal gigiyena

Kommunal gigiyena, aholi yashaydigan joylar gigiyenasi - gigiyenasining bir bolimi. Aholi yashaydigan joylarda uy-joy sharoiti va atrof muhit omillarining aholi sogligiga tasirini organadi. Aholining soglom va qulay turmush sharoitini taminlash uchun gigiyena meyori va sanitariya qoidalarini ishlab chikali. Abu Ali ibn Sino ozining "Tib krnunlari" kitobida quriladigan turar joylar kungay, bahavo va quruq tuprokli bolishini aytib otgan. Ismoil Jurjoniy "Xorazmshoh xazinasi" kitobida nam, zax joylarga uy-joy qurganda poydevori balandroq bolishi, shuningdek, atmosfera havosi va ichiladigan suv tozaligini saqlash kerak deb aytgan.

Aholi yashaydigan joylarning atmosfera havosi gigiyenasi va havoni sanitariya jihatdan muhofaza qilish, suv va suv taminoti gigiyenasi, tuproq gigiyenasi va aholi yashaydigan joylarni tozalash, suv havzalarini sanitariya jihatdan muhofaza qilish, turar joy hamda binolar, shuningdek, davolash va profilaktika muassasalari gigiyenasi Kommunal gigiyenaning asosiy bolimlaridir. Kommunal gigiyena turli tekshirish usullaridan, mas, tashqi muhitni organishda fizik, kimyoviy va biologik metodlardan, tashqi muhitning organizm va kishilar sogligiga tasirini organishda fiziologik, sanitariyatoksikologik, klinik-statistik metodlar va boshqalardan foydalanadi. Sanoatda va qishloq xojaligida ishlatiladigan kopgina kimyoviy moddalarni tajribada tekshirib, yol qoyish mumkin bolgan zararsiz miqdor korsatkichlarini tavsiya etadi. Kommunal gigiyena masalalari bilan Ozbekiston Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari hamda Epidemiologiya, mikrobiologiya va infeksion kasalliklar institutlari, shuningdek, tibbiyot institutlarining Kommunal gigiyena kafedralari shugullanadi. Kommunal gigiyenaning rivojida ozbek olimlaridan A.Z.Zohidov, Q.S.Zoirov, S.N.Bobojonov. T.I.Iskandarov, N.S.Tojiboyeva, R.U. Ubaydullayev, A.X.Komiljonovlarning xizmatlari katta. Kommunal gigiyenaga oid malumotlar "Ozbekiston tibbiyot jurnali"da yoritib boriladi.