ⓘ Kondensatsiya, kondensatlanish - 1 gazsimon holatdagi moddaning sovishi yoki siqilishi natijasida suyuq yoki qattiq holatga utishi. K. - buglanishning aksi. K. ..

                                     

ⓘ Kondensatsiya

Kondensatsiya, kondensatlanish - 1) gazsimon holatdagi moddaning sovishi yoki siqilishi natijasida suyuq yoki qattiq holatga utishi. K. - buglanishning aksi. K. muayyan modda uchun kritik temperaturadan past temperaturadagina sodir boladi. Kritik nuqta bilan uchlama nuqta orasidagi temperaturaviy oralikda modda suyuq holatga, yanada pastroq temperaturalarda esa kristall holatga otadi. Suyuq yoki kristall holatlar orasida muvozanatli K. yuz berib, gaz holatdan suyuq yoki qattiq holatga otayotganida malum miqdorda issiqlik ajraladi. Bu issiqlik moddaning shu temperatura va bosimda buglanishiga sarflangan issiqlikka teng. K.ning solishtirma issikligi solishtirma buglanish issikligiga teng. Buglanish va K. bir vaqtda roy beradi. Qattiq jism yoki suyuqlik sirtida hosil boluvchi sirtq i K., aerozol, gaz ionlarining bug hajmi ichida, bugning zichlashish joylaridagi zichlik fluktuatsiyasi oqibatida hosil boluvchi hajmiy K. mavjud. Suv bugining kondensatlanishi natijasida atmosferada bulut, tuman, shud-ring va qirov hosil boladi. K. turli xil issiqlik almashinish apparatlarida qollaniladi, u distillashnpt asosi hisoblanadi; 2) organik moddalar bir nechta molekulalarining birikish reaksiyasi; bunda, suv, ammiak va boshqa oddiy moddalar ajraladi.