ⓘ Krakov, Krakuv - Polshaning jan. qismidagi shahar, Visla daryosi boyidagi port. Krakov voyevodaligining mamuriy markazi. Aholisi 740.6 ming kishi. K. ga 8 - 10- ..

                                     

ⓘ Krakov

Krakov, Krakuv - Polshaning jan. qismidagi shahar, Visla daryosi boyidagi port. Krakov voyevodaligining mamuriy markazi. Aholisi 740.6 ming kishi. K. ga 8 - 10-asrlarda asos solingan. 11 - 16-asrlarda Polsha davlati poytaxti. Orta asrlarda hunarmandchilik va savdoning yirik markazi. 1809 - 15 yillarda Varshava gersogligi tarkibida, 1815 - 46 yillarda Krakov Respublikasi markazi bolgan. Mamlakatning muhim iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Transport yollari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qora metallurgiya va mashinasozlik sanoatlari rivojlangan. Kimyo, sement, mebel, kon-teri, tikuvchilik, farmatsevtika, parfyumeriya, poligrafiya, tamaki, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet va boshqa oliy oquv yurtlari, konchilik metallurgiya akademiyasi, Milliy va badiiy muzeylar, teatrlar bor. K. - turizmning yirik markazlaridan. K.ning qad. qismi - Vislaning chap sohilidagi Navel tepaligida. Memoriy yodgorliklaridan Bibi Maryam Kapellasi, qirol qasri, kostyollar, Polsha FA binosi va boshqa saqlangan. K.da kinofestivallar va xalqaro korgazmalar otkazilib turiladi. K.ning tarixiy markazi Jahon merosi royxatiga kiritilgan.