ⓘ Krivoy rog temir ruda havzasi - dunyodagi ulkan temir ruda havzalaridan biri. Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi Ingulets, Saksagan va Jyoltaya daryolari b ..

                                     

ⓘ Krivoy Rog temir ruda havzasi

Krivoy rog temir ruda havzasi - dunyodagi ulkan temir ruda havzalaridan biri. Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi Ingulets, Saksagan va Jyoltaya daryolari boylab joylashgan. Temir rudalarning sifati va zahiralari boyicha jahonda oldingi orinlarda turadi. Eniga 2–7 km masofaga ega bolgan temirli havza NikoloKozelsk st-yasidan shim.ga tomon 100 km ga chozilgan.

Havzadagi rudali kvarsitlar temirga boy bolib, magnetitli va temirli kvarsit turlariga bolinadi. Birinchisida temirning miqdori 46 - 47% ni, temirli kvarsitlarda esa 25 - 45% ni tashqil qiladi. Temirli kvarsitlar saralanib, tarkibida 60% temir bolgan konsentratlar olinadi.

Ruda ochiq usulda umumiy ishlab chiqarishning 80% va yer osti uslubda qazib chiqariladi. Kondan yiliga 104 mln. t dan tovar rudasi qazib olinadi 1984. Ruda Ukraina qora metallurgiyasi ehtiyojlari uchun foydalaniladi hamda boshqa davlatlarga eksport qilinadi. Krivoy Rogda temir rudalar negizida kon va metallurgiya sanoati korxonalari bilan birgalikda, mashinasozlik, kokskimyo, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari bir qancha i.t. institutlarini oz ichiga oluvchi ixtisoslashgan sanoat majmuasi tashqil qilingan. Havzasi 1881 yildan boshlab ozlashtirilgan.