ⓘ Krivoshipli mexanizm - qozgalmas oq atrofida aylanib bir tur harakatni ikkinchi tur harakatga aylantiruvchi zvenosi bolgan mexanizm. Krivoshipli mexanizmda, oda ..

                                     

ⓘ Krivoshipli mexanizm

Krivoshipli mexanizm - qozgalmas oq atrofida aylanib bir tur harakatni ikkinchi tur harakatga aylantiruvchi zvenosi bolgan mexanizm. Krivoshipli mexanizmda, odatda, aylanma va ilgarilanma kinematik juftlar boladi. Krivoshipli mexanizmningyassi va fazoviy, 4 zvenoli va kop zvenoli turlari bor. Mashinasozlikda eng kop tarqalgan yassi 4 zvenoli Krivoshipli mexanizm 3 guruhga: 4 zvenoli krivoship-polzunli, sharnirli va krivoship-kulisali turlarga bolinadi. Krivoship - polzunli mexanizm aylanma harakatni togri chiziqli ilgarilama-qaytma yoki aksincha harakatga aylantiradi. Uning aksial va dezaksial turlari bor; porshenli dvigatellar, kompressor, presslar, vasoslar va boshqalarda qollaniladi. Krivoship koromisloli mexanizm aylanma harakatni tebranma harakatga aylantiradi. Toquv avtomatlaridagi 4 zvenoli krivoshipkoromisloli mexanizm batan mexanizmi deyiladi. Bunday mexanizmlar hamir qorish mashivalarida ham ishlatiladi. Tarkibida 2 krivoship bolgan 4 zvenoli mexanizm qosh krivoshipli mexanizm deyiladi. K. m. ning yana boshka turlari ham bor.