ⓘ Krijovnik - toshyorardoshlar oilasiga mansub kop yillik buta, rezavor meva ekini. 50 dan ortiq turi bor. Asosan, Shim. Amerikada uchraydi. Koproq 3 turi: madani ..

                                     

ⓘ Krijovnik

Krijovnik - toshyorardoshlar oilasiga mansub kop yillik buta, rezavor meva ekini. 50 dan ortiq turi bor. Asosan, Shim. Amerikada uchraydi. Koproq 3 turi: madaniy yoki ekma K. - Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkazda, shuningdek, Yevropa mamla-katlari, Orta Osiyoda ostiriladi; ti kapli K. Orta Osiyo toglarida, Oltoyda, Sayan toglarida; bure i n K. Uzoq Sharqda uchraydi. Novdasi tikanli, boyi 1.5 - 2 m, popuk ildizli. Barglari 3 - 5 bolakchali. Gullari 2 jinsli, 1 - 3 tadan shingil bolib joylashgan. Mevasi soxta rezavor meva. Yumaloq yoki choziqroq, oq, sariq, qirmizi,qora, kop urugli; mevasi iyunning 2-yarmida yetiladi, ortacha ogirligi 3.6 - 6 g. 1 tupi 2.5 - 4 kg hosil beradi. Mevasi tarkibida 7 - 18% qand, 30 - 60 mg% S, Vr R vitaminlari, karotin, pektin, temir, fosfor, kalsiy, 1 - 3% gacha organik kislotalar mavjud. K. mevasi yangiligida yeyiladi, murabbo, jem, kompot, sharbat va h.k.lar tayyorlanadi. K. parhish qilish, yogochlangan va kok qalamchalaridan kopaytiriladi.

Ozbekistonda AQShda chiqarilgan Qora Negus, Purman, Xauton, Rossiya navlaridan Rus K. navlari koproq tomorqa boglarida yetishtiriladi.