ⓘ Kristallar - atomlari, ionlari va molekulalari malum tartibda joylashib, fazoviy kristall panjarani tashqil etgan qattiq jismlar. K., kopincha, suyuq fazalar - ..

                                     

ⓘ Kristallar

Kristallar - atomlari, ionlari va molekulalari malum tartibda joylashib, fazoviy kristall panjarani tashqil etgan qattiq jismlar. K., kopincha, suyuq fazalar - eritmalardan hosil boladi va osadi, bazan esa gaz holatini yoki qattiq jism holatini tashqil etadigan fazaviy ozgarishlar natijasidagiva hosil boladi. Bir turdagi kristall panjaraga ega yirik K. - monokristallar, mayda-mayda kristallchalardan tashqil topgan. K. - polikristallar, umuman kristall panjara tashqil etmagan qattiq jismlar - a m o r f jismlar deb yuritiladi. Bolardan tashqari suyuq K. maxsus guruhni tashkil etadi.

K. tabiatda har xil kattalikda uchraydi. Eng yirik tabiiy K. tog billuri - kvars xili bir necha yuz kilogrammni, suniy yetishtirilgan ish-qoriy galloid K.i bir necha on kilogrammni, eng yirik tayoqcha shaklida yetishtirilgan kremniy K.ning diametri 200 mm ni, eng yupqa bir butun monokristall qatlam shaklidagi K.ning qalinligi 10 nm ni tashqil etadi.

K., odatda, simmetrik, togri shaklli, tomonlari sillik, qirralari togri boladi. Rentgenostruktura tahlili paydo bolgunga qadar. K. burchaklarini olchash yordamida ozaro taqqoslanib, ularning kimyoviy tarkibi aniqlangan. K.ni simmetrik jism sifatida organish maqsadida ular 32 simmetriya sinfiga bolingan. Har bir sinf simmetriya elementlarining malum bir majmui bilan harakterlanadi. 32 sinf ulardagi harakterli simmetriya elementlarining mavjudligiga qarab 7 singoniyaga guruhlanadi: triklin, monoklin, romb, tetragonal, geksagonal, trigonal va kub. K. ayrim tomonlarining osish tezligidagi farqlar ularni kamdan-kam uchraydigan turli-tuman shakllar ga olib kelishi mumkin. Bu xususiyatlardan germaniyning dendrit lentasini, turli yarimotkazgichlarning yupqa plyonka parda sini ostirish texnikasida foydalaniladi. Agar eritmada bir yola bir necha kristallanish markazlari hosil bolsa, u holda osib borayotgan K. bir-biri bilan uchrashib, notogri donachalar shaklini oladi.

K. ning tashqi korinishi, u yoki bu sinfga va singoniyaga mansubligi ularning kristall panjarasi bilan belgilanadi. Kimyoviy boglanishga qarab K. ning atom strukturasi 4 ta - ion geteropolyar, kovalent, molekulyar va metall boglanishli K. guruhiga bolinadi. Ion boglanishlida mas, osh tuzi va boshqa da bir zaryadli ionlarning ozaro tasiri natijasida kristall panja-ralari hosil boladi. Kovalent boglanishlida qoshni atomlarning valent elektronlari umumlashib ketib ikkiyoqlama, uchyoqlama va boshqa bir necha karrali boglanishlar hosil boladi. Bunga olmos, kremniy va karborund jismlar misol boladi. Molekulyar boglanishlida molekula atomlari orasida mustahkam kovalent boglanishlar mavjud bolib, K. dagi molekulalar orasidagi boglanish birmuncha kuchsizroq boladi. Bunga, asosan, organik birikmalar, N2, N2 va boshqa hamda inert gazlarning kristallik holatlari misol bola oladi. Metall boglanishlida erkin elektronlar kristall panjaralarning barcha qismlarida elektron gaz holatida taqsimlanadi va ular musbat zaryadli tugunlardagi ionlarni malum masofalarda tutib turadi. Bunga metall va intermetall birikmalari misol bola oladi.

temperatura yoki bosim ozgarganda K. strukturasi ozgarishi mumkin. Bazi K. strukturasi ana shu omillarga nisbatan metastabil boladi. K. dagi atomlar orasidagi kimyoviy boglanishning turiularning kopgina fizik-kimyoviy xossalarini belgilaydi. Ayrim K. ning qattiqligi, issiqlik hamda elektr otkazuvchanligi va boshqa xossalaridagi farqlar ulardagi atomlarning xususiyati bilan chambarchas boglikdir qarang Polimerlar, "Qattiq jism.

K. ning fizik xossalari ozaro bir-biriga bogliq bolib, ular kristall strukturasidan, yani atomlarning joylashishi va ular orasidagi boglanish kuchlariga va elektronlarning energetik taqsimoti elektr, magnit va optik xususiyatlariga bogliq. Mac, metallarning ota elektr otkazuvchanligi yoki dielektrik va yarimotkazgichlarda elektr otkazuvchanlik xossasining nisbatan pastligi elektronlarning yuqori yoki past konsentratsiyalanishi toplanishi bilan bogliq qarang "Qattiq jism. K. ning mustahkamlik, egiluvchanlik, tovlanish, lyuminessent xususiyatlari kristall panjaralardagi nuqsonlar miqdori va turiga qarab aniqlanadi. Undan tashqari, K.da simmetriya, tomonlari orasidagi burchakning katta-kichikligi, fizik va kimyoviy xossalarining har xil bolishi ulardagi anizotropiya va izotropiya hodisasi bilan boglikdir. K. tuzilishida har xil nuqsonlar - vakansiya teshiklar, chekka dislokatsiyalar va boshqa uchraydi. Kristall panjaraning parallel strukturaga ega bolmasligi tufayli bu nuqsonlar ferromagnetik va segnetoelektritik kuzatiladi. K.dagi nuqsonlar tufayli ulardan akustik, rentgen va elektromexanik tolqinlar sochiladi. K.dagi aralashmalar adsorbsiya hodisasi tufayli uning strukturasi yoqlarini buzadi.

K. yarimotkazgichlarda diodlar, tranzistorlar, integral sxemalar va boshqa yaratishda, pyezoelektr generatorlar, stabilizatorlar, akustooptik qurilmalar, chastotalarni ozgartiruvchi asboblar yaratishda, injeksion lazer kurilmalarida foydalaniladi. Metallarga ishlov berishda, ularni jilo-lashda va parmalashda ota qattiq K. olmos, korund va boshqalar dan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda yupqa, ota yupqa kristallik epitoksial qatlamlar yangi texnikada keng qollanilmokda, mas, li elektronika asboblari, infraqizil IQ nurlarni qabul qiluvchilar, monoxromatorlar, tenzodatchiklar va h. k. yaratilmokda. Zargarlik sanoatida sintetik K. va boshqa qollaniladi. Nazar Torayev.