ⓘ Kristallooptika - optika va kristallografiyaning chegaradosh sohasi; yoruglikning kristallarda tarqalishi qonunlarini organishni oz ichiga oladi. Nurning ikkila ..

                                     

ⓘ Kristallooptika

Kristallooptika - optika va kristallografiyaning chegaradosh sohasi; yoruglikning kristallarda tarqalishi qonunlarini organishni oz ichiga oladi. Nurning ikkilamchi sinishi, yoruglikning qutblanishi, qutblanish tekisligining aylanishi, pleoxroizm va boshqa K.da tekshiriladigan muhim hodisalar hisoblanadi. X. Gyuygens va O. Frenel yoruglikning tolqin nazariyasiga asoslanib, K. ning asosiy qonunlarini ishlab chiqishgan. Makroskopik elektrodinamika hozirgi zamon nazariy K. ning asosini tashkil etadi. Kristalldan otayotgan yoruglik kugblanadi, yani yoruglik nuri tarqalishiga tik tekislikda yotuvchi faqat bir yonalishda tebranadi. Kristallning turli yonalishlarida yoruglik nurining sinish korsatkichlari har xil boladi. Kristallning har bir yonalishiga mos keluvchi qutblangan yoruglik nurining sinish korsatkichi p miqdorlarining geometik shakli kristallning optik xossalarini tola ifodalaydi va buni optik indikatrisa deyiladi. Umumiy holda u ellipsoida sirtidan iboratdir. Koordinatalari O nuqtadan boshlanadigan togri burchaqli dekart sistemasida joylashgan ellipsoidning bosh oklaridagi p ning qiymatlari ni kristallning bosh sindirish korsatkichi, O nuqtasidan otib, ellipsoidning aylanma kesimiga tik togri chiziqni esa o p t i k oqi deyiladi. Bosh sindirish korsatkichlarining qiymatiga qarab optik izotrop va bir oqli hamda ikki okli anizotrop kristallarga bolinadi. Umumiy holda anizotrop kristallarda yoruglik turlicha tezlikka ega bolgan ikkita tolqin korinishida tarqaladi. Yoruglik optik oklar boylab tarqalgandagiva bu tolqinlarning tarqalishi mos keladi.

Kub shaklidagi kristallar optik izotrop bolib, bitta sindirish korsatkichiga ega bolsa, boshqa turdagi kristallar optik jihatdan anizotrop hisoblanadi, yani bu kristallarda optik xususiyatlari va yoruglik nurlarining qutblanishi kristall yonalishlari boyicha nurlarning tarqalishiga qarab turlicha boladi. Geksagonal, trigonal va boshqa signoniyaga kiruvchi ikkinchi tartibdan yuqori bitta simmetriya okli kristallarning optik indikatrisasi aylanma ellipsoid shaklida boladi. Bunday kristallarda nurning ikkita sindirish korsatkichi kuzatiladi. Agar kristall rang tartib li bolib, kub shaklida optik izotrop bolmasa, uning rangi otayotgan nur tebranishining yonalishiga qarab ozgaradi. Kristall bir optik oqli bolsa, ikkita asosiy rangga, uch oqli bolsa, uchta asosiy.rangga ega boladi. Pleoxroizm deb ataladigan bu hodisa kristallni organishga yordam beradi.

K.da kristall xossalarini aniqlash uchun optik doimiylari: nurning ikkilamchi sinishidagi kristallning sindirish korsatkichlari, optik oklar orasidagi burchaqlar, optik indikatrisa holatini aniqlash usullari ishlab chiqilgan.

Kristallning dielektrik singdiruvchanligi ye ozgarmas qiymat bolmasdan tenzor qiymatga egadir. Shu qiymatga qarab kristall optik xususiyatlarining anizotropligi aniqlanadi, jumladan, tolqin tarqalishi tezligi va sindirish korsatkichi kristallar yonalishlariga bogliq boladi. Kristall xususiyatlarining ozaro bogliqligini hisobga oladigan Maksvell tenglamalari orqali yoruglik nurlarini kristallda tarqalishi hisoblanadi.

Ikki oqli kristallning optik indikatrisasi uch okli ellipsoid; uning Ox, Ou simmetriya oklarini indikatrisaning bosh oqlari deyiladi; px, pu, pg bosh oqlar boylab sindirish korsatkichlari; 1 va 2 - ellipsoidning ikkita doiraviy kesimi; O, O va O2 O, - kristallning optik oqlari.

K. da qutblovchi mikroskop, refraktometr va boshqa asboblar ishlatiladi. K. usullari bilan petrografiya va mineralogiyada minerallar va tog jinslarining tarkibi aniqlanadi. K. yordamida tog jinslaridagi moddalarning miqdorini aniqlash usullari ishlab chiqilgan. Yoruglik nurini ikkilamchi sindiradigan organik moddalar ham K. usullari bilan organiladi. Shisha, plastmassa kabi bazi moddalarga tasir etuvchi mexaniq kuch natijasida yoruglik nurining ikkilamchi sinishi kuzatiladi.

Ozbekistonda Sh. Vohidov va uning shogirdlari optik kristallarda radiatsion optik chidamliliklarini, kristallarning radiatsion sezgirliklarini oshirish va shu asosda golografiya uchun zarur xususiyatlar bera olish usullarini yaratdilar.

                                     

1. Adabiyot

  • Shubnikov A. V., Osnovi opticheskoy kristallografii, M., 1958; Fyodorov F. I., Optika anizotropnix sred, Minsk, 1958; Born M., Volf E., Osnovi optiki, M., 1973.