ⓘ Kritik holat - ikki fazali sistemaning muvozanat holati; bunda mavjud fazalar fizik xossalari jihatidan bir xil bolib qoladi. Izotrop fazalar muvozanatda yoki k ..

                                     

ⓘ Kritik holat

Kritik holat - ikki fazali sistemaning muvozanat holati; bunda mavjud fazalar fizik xossalari jihatidan bir xil bolib qoladi. Izotrop fazalar muvozanatda yoki kristall panjara bir xil fazalar bolgandagiva Kritik holat vujudga kelishi mumkin. Sistemaning holat diagrammasida Kritik holatga mos nuqta kritik nuqta deyiladi. Sistemaning shu nuqtadagi parametrlari. - kritik bosim rk, kritik temperatura Tk, kritik hajm VK va boshqa uning kritik parametrlari deyiladi. Suyuqlik - bug sistemasining Kritik holatida suyuqlik va bug fazalarining solishtirma. hajmlari bir xil boladi, faza otish issikdigi nolga aylanadi, fazalar chegarasi yoqolib ketadi, sirt tarangligi bolmaydi. Shuning uchun Kritik holatni bir fazali sistemaning chekka holati deb qarash mumkin.

Kritik holat. En- r dryus diagrammasi: KB dan ongdagi va yuqorisidagi soha va KA dan chapdagi soha - mos holda moddaning gazeimon va suyuq holatlari; izotermalar V oqqa parallel bolgan soha - suyuqlik va uning toyingan buglari orasidagi muvozanat holatiga mos keladi.

Bunday sistemaning suyuq va gazeimon holatlarini ifodalovchi parametrlari orasidagi boglanish Endryus diagrammasi orqali grafik tasvirlanadi; har bir egri chiziq ozgarmas temperatura izotermada r ning Vra bogliqligini ifodalaydigan grafik hisoblanadi. Rasmdan korinib turibdiki, holati r^D^ parametrlar bilan belgilanuvchi sistemalarning kritik nuqtasida faqat bitta, yani suyuqlik - bug muvozanati mavjud.T < Tk da izoterma gorizontal siniq egri chiziqdan iborat. Gorizontal qism suyuq va bug fazaning muvozanatiga mos keladi. temperatura kotarilishi bilan gorizontal qism kichraya boradi va kritik temperaturada izoterma sidirga egri chiziqqa aylanadi. Bu izotermada faqat bitta burilish nuqtasi bor va u kritik nuqta hisoblanadi. Kritik temperaturadan yuqorida suyuqlik va bug har qanday bosimda ham muvozanatda bolmaydi.