ⓘ Krotsimonlar - hasharotxorlar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvonlar oilasi. K. yer qazib, yer ostida hayot kechirishga moslashgan. Tanasi golasimon, tashqi q ..

                                     

ⓘ Krotsimonlar

Krotsimonlar - hasharotxorlar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvonlar oilasi. K. yer qazib, yer ostida hayot kechirishga moslashgan. Tanasi golasimon, tashqi quloq suprasi yoq, oldingi oyoqlari qisqa, tirnogi uzun va qattiq, moynasi qisqa, silliq. K. yaxshi kormaydi; bazi birlarining kozi teri bilan qoplangan. Eshitish va hid bilish organi yaxshi rivojlangan. 30 dan ortiq turi bor, 12 yoki 18 urugga bolinadi. Tibet, Xitoy, Yaponiya, Shim. Amerika, Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Yiliga bir marta 4 - 9 bola tugadi. Bogozlik davri 38 - 40 kun. Asosan, tuproq hayvonlari, jumladan, yomgir chuvalchanglari, hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi. K. yer qazib, tuproqqa havo otishini va suv shimilishini yaxshilaydi. Otloq tuproklarda K. bir yil davomida 160 t ga yaqin tuproqni yer yuzasiga qazib chiqaradi. Ayrim turlari ovlanadi. 2 turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.