ⓘ Krozenshtern Ivan Fyodorovich - rus dengizchisi, admiral, Peterburg FAning faxriy azosi. 1802 yil dunyo aylana birinchi rus ekspeditsiyasiga boshliq qilib tayin ..

                                     

ⓘ Krozenshtern Ivan Fyodorovich

Krozenshtern Ivan Fyodorovich - rus dengizchisi, admiral, Peterburg FAning faxriy azosi. 1802 yil dunyo aylana birinchi rus ekspeditsiyasiga boshliq qilib tayinlangan. Ekspeditsiya tarkibidagi "Nadejda" va "Neva" kemalari 1803 yil 7 av-g.da Kronshtadtdan chiqib, 1804 yil martda Gorn burnini aylanib otgach, Ganayi o.larigacha birgalikda sozdilar. Bu yerdan "Neva" Novoarxangelsk tomon, "Vadejda" esa Kamchatkaga, song Yaponiyaga ketdi. 1806 yil ekspeditsiya Hind va Atlantika okeanlari orqali Kronshtadtga qaytib keldi. Sayoxat davrida birinchi marta keng miqyosda okeanografiya va meteorologiyaga oid tadqiqot ishlari otkazildi. K. Kuril o.larining bir qismi, Saxalin va Kamchatka sohillari, Yaponiyaning ayrim orollari tabiatini organdi. K. sayohat tafeilotlarini, okeanologiya va etnografiya sohasidagi tadqiqot vatijalarini 3 jildli "Nadejda" va "Neva" kemalarida 1803, 1804, 1805 va 1806 yillardagi dunyo boylab sayohat" asarida bayon qilgan. K. 1823 - 26 yillarda 2 jildli "Janubiy dengiz atlasi" asarini nashrdan chiqardi. K. nomigaTinch okeandagi bir necha geografik obyektlar qoyilgan.