ⓘ Krum, hukmdor. Krum - Birinchi Bulgor podsholigi hukmdori. U hukmdor Kardamdan keyin taxtga chiqqan. Protobulgor va slavyan zodagonlarini birlashtirgan. Frankla ..

                                     

ⓘ Krum (hukmdor)

Krum - Birinchi Bulgor podsholigi hukmdori. U hukmdor Kardamdan keyin taxtga chiqqan. Protobulgor va slavyan zodagonlarini birlashtirgan. Franklar tomonidan Anar xoqonligi tugatilgandan song - uning sharqiy va jan. yerdari Bulgoriya tarkibiga qoshib olingan. Bulgoriyaning kuchayishini xohlamagan Vizantiya imperatori Nikifor I bulgor hukmdori Kardam bilan tuzilgan sulh shartnomasini buzib, 807 yil Bulgoriyaga hujum qilgan. Ortada bir nechta kuchli toqnashuv va janglar bolib otgan. 809 yil bulgorlar Serdika shahrini bosib olgan. 811 yil 26 iyulda K. boshchiligidagi bulgorlar Virbish darasida vizantiyaliklarni tor-mor keltirgan. Bosh qomondon imperator Ni-kifor va uning sarkardalari jangda halok bolgan. K. Versinikiya jangi da vizantiyaliklarni qayta maglubiyatga uchratgach, Adrianopol qoshib olingan. U nafaqat qobiliyatli sarkarda, balki yaxshi davlat tashqilotchisi edi. Uning davrida Bulgoriya mustaqkamlanib, hududi kengaygan. Birinchi umumdavlat qonunlari ni elon qilgan. Konstantinopol qamaliga tayyorgarlik korish paytida vafot etgan.