ⓘ Ksilit, SN2ON z SN2ON -kop atomli spirt. Mol. m. 152.15; rangsiz gigroskopik kristall. Suyuqlanish temperaturasi 61 - 61.5° bolgan beqaror monoklin va suyuqlani ..

                                     

ⓘ Ksilit

Ksilit, SN2ON z SN2ON -kop atomli spirt. Mol. m. 152.15; rangsiz gigroskopik kristall. Suyuqlanish temperaturasi 61 - 61.5° bolgan beqaror monoklin va suyuqlanish temperaturasi 93 - 94.5°, qaynash temperaturasi 215 - 217° bolgan beqaror rombik modifikatsiyasi malum. K. optik nofaol izomer; suvda, metil va etil spirtda, piridinda, sirka kislotada eriydi.; efir, dioksan, uglevodorodlar, butil va propil spirtlarda erimaydi. Kimyoviy xossalarga kora kop atomli spirtlarning vakili. Sanoatda ksilozani qaytarib olinadi. K. va uning 1.4-angidridi - sellofan qogoz va atir-upa ishlab chiqarishda namlik plastifikatori va stabilizatori, ksiftal alkid smolalar, sirt-faol moddalar, lok, yelim va boshqa olishda komponent. K. shirin tamli bolib, odam organizmiga singmaydi. Qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladi, shuningdek, diabet va semirishga moyil bemorlarga qand ornida beriladi.