ⓘ Ktesii Knidlik - yunon tarixchisi. Gerodot, Gippokrat, Ksenofontlarning zamondoshi. Eron malikasi Parisatida saroyida 17 yil tabiblik qilgan. Kuvake ostovasidag ..

                                     

ⓘ Ktesii Knidlik

Ktesii Knidlik - yunon tarixchisi. Gerodot, Gippokrat, Ksenofontlarning zamondoshi. Eron malikasi Parisatida saroyida 17 yil tabiblik qilgan. Kuvake ostovasidagi jang da yaralangan. Artakserks II Mnemonni davolagan. Qolgan umrini ova shaxri yoxud Spartada otkazgan. K. "Eron", "Hindiston", "Daryolar haqida", "Toglar haqida", "Osiyo atrofidagi dengiz sayohati" nomli asarlar muallifi. Bolardan eng muhimi "Eron" -. 23 kitobdan iborat bolib, uning dastlabki 6 kitobi Ossuriya va Midiya tarixiga, keyingi 7 kitob Eron tarixiga, krlgan 10 kitob Eronning 398 yilgacha bolgan tarixini oz ichiga olgan. K.ning bu asarida Orta Osiyoda yashagan qad. xalqlar, ularning urf-odatlari, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, harbiy sanati va boshqa haqida ham bir talay qimmatli malumotlar bor. K. Suzada bolgan davridan foydalanib, fors tili, ogzaki va yozma manbalari bilan tanishgan. Yunonlarga uzoq Sharq davlatlari, Eron shoxlari va yunon-eron urushlari togrisida kop malumotlar yetkazgan.