ⓘ Ku isitma, Ku rikketsioz, Avstraliya kasalligi, Orta Osiyo isitmasi, Termiz isitmasi - rikketsiya mikroorganizmlari qozgatadigan yuqumli isitmali kasallik. Kasa ..

                                     

ⓘ Ku isitma

Ku isitma, Ku rikketsioz, Avstraliya kasalligi, Orta Osiyo isitmasi, Termiz isitmasi - rikketsiya mikroorganizmlari qozgatadigan yuqumli isitmali kasallik. Kasallik birinchi marta 1933 - 35 yillarda Avstraliyaning Queensland - Kvislend shtatida aniqlangan. Qoramol, qoy, it, ot, tuya, chochqa va yovvoyi parrandalar, yovvoyi hayvonlar, kemiruvchilar va odam kasallanadi, Bunda, asosan, opka zararlanib, isitma chiqadi, Kasallik qozgatuvchisi kokk yoki tayoqcha shaklidagi rikketsiya. Tabiatda bu kasallik chaqiruvchisi kanalar, kemiruvchilar organizmida saqlanib, kasallik ular ozuqalarni ifloslashi yoki qon sorishi paytida yuqadi. Kasal hayvondan rikketsiya sut, siydik, axlat orqali tashqi muhitga chiqadi. Odamga kasal hayvon sutini qayvatmay istemol qilganda, gosht mahsulotlari orqali yoki kana chaqqanda yuqadi. Kasallik koproq chorvadorlarda, ferma va kushxona xodimlarida uchraydi. Klinik belgilari’ - kasallikning yashirin davri 8 kundan 4 haftagacha davom etadi. Qisqa muddatli isitma kotarilishi, ishtaha yoqolishi, shilliq pardalar qizarishi, bogoz hayvonlarda mastit, vaginit va bola tashlash, erkak hayvonlarda orxit kuzatiladi. Tashhis klinik, epizootologik, epidemiologik holatga qarab qoyiladi va qon zardobini tekshirish bilan tasdiklanadi.

Davolash: antibiotiklar beriladi.

Oldini olish: yaylov davri paytida qayvonlar kanalarga qarshi va molxonalar kemiruvchilarga qarshi dezinfeksiya qilinadi. Kasallikka gumon qilingan hayvonlarni tana haporati olchanadi. Qoni tekshiriladi, kasallik aniqlansa, tegishli tadbirlar otkaziladi.

Abdulla Quranboyev.