ⓘ Kuyovnavkar, kuyovjoralar - nikoh toyida kuyov bilan birga kelinnikiga boruvchi yigitlar, kuyovning dostlari, tengqurlari. Ular dastlab kuyovning uyida toplanad ..

                                     

ⓘ Kuyovnavkar

Kuyovnavkar, kuyovjoralar - nikoh toyida kuyov bilan birga kelinnikiga boruvchi yigitlar, kuyovning dostlari, tengqurlari. Ular dastlab kuyovning uyida toplanadilar. Yigitlar to kelinnikiga borguncha kelin eshigi oldida, hovlisida ashula va oyin qiladilar. K.lar kuyovni ortaga olib, kelin uyida ziyofat dasturxoni tuzab qoyilgan xonaga kiradilar. K.larga ziyofat beriladi, ularga quyuq-suyuq taomlar tortiladi. Ziyofatdan song K.lar kuyovga kelin tomondan berilgan sarponi kiydiradilar. Ular toy tantanalarini davom ettirish uchun toyxonaga qaytadilar. Respublikamizning jan. viloyatlarida ziyofatdan song, kuyov bilan kelinni chimildiqqa qirgizish uchun 2 - 3 ta yigit qoldirib tarqaladilar. Xorazmning ayrim joylarida kuyov va K.lar toy kuni emas, toydan song kelinning ota-onasinikiga boradi. Respublikamizning turli tumanlarida K.lik rasm-rusumlari oziga xos shakllarda saqlanib kelmoqda.