ⓘ Kumush galogenidlar - bir valentli kumushning galogenlar bilan hosil qilgan birikmalari; AgF2 va Ag2F birikmalari ham malum. K.g. suvda yomon eriydi. Kumush fto ..

                                     

ⓘ Kumush galogenidlar

Kumush galogenidlar - bir valentli kumushning galogenlar bilan hosil qilgan birikmalari; AgF2 va Ag2F birikmalari ham malum. K.g. suvda yomon eriydi.

Kumush ftorid, AgF - odatdagi sharoitda och-sariq rangli amorf gigroskopik modda. Suyuqlanish temperaturasi 435°, zichligi 5.852 g/sm3. Suvda va ammiakda yaxshi eriydi. Yoruglik nuriga chidamli, ultrabinafsha nurlar tasirida Ag2F ga aylanadi. Shishaga xona temperaturasidayoq tasir etadi; oson parchalanishi sababli organik birikmalarni ftorlash reaksiyalarida qollanadi. Kumush oksid yoki kumush karbonatga ftorid kislota yoxud kumushga ftor tasir ettirib olinadi. Ichimlik suvni dezinfeksiyalashda ishlatiladi.

Kumush xlorid, AgCl - oqkristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 457.5°, qaynash temperaturasi 143G, zichligi 5.56 g/sm3. Suvda eruvchanligi 0.00155 g/l. Juda plastik, mexanik xossalari metallarnikiga yaqin, undan ota yupqa vafis plastinkalar tayyorlash mumkin. Yoruglik nuri tasirida qorayadi va parchalanib kumush ajratib chiqaradi. Kumush galogenidlar, odatda, kumush nitrat eritmasidan choktirish yoli bilan hamda kumushga yuqori temperaturada xlor yoki oksidlovchilar ishtirokida xlorid kislota eritmasini tasir ettirib olinadi. Tibbiyotda, fotomateriallar ishlab chiqarishda, radar ekranlari va infraqizil spektroskoplar linzalari tayyorlashda ishlatiladi.

Kumush bromid, AgBr - sariq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 430°, 700°da ajraladi, zichligi 5.8 - 6 g/sm3. Nitrat kislota, spirt, vatriy sulfit va tiosulfitlarda yaxshi eriydi. Suvda eruvchanligi 3.510~4 g/l. Kumush nitrat eritmasiga NaBr yoki NVg tasir ettirib, hosil bolgan chokmani alohida eritib, qayta kristallash va suvda choktirish usuli bilan olinadi. Fotomateriallar ishlab chiqarishda, Grinyar reaktivi yordamida olefinlar sintezida katalizator sifatida qollanadi.

Kumush yodid, Agl - och sariq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 555°, zichligi 6 g/sm3. Spirtda va tiosulfatda yaxshi eriydi. Suvda eruvchanligi 3.410 5 g/l. Kumush galogenidlar kumush nitrat eritmasiga Nal yoki HI 100°da kumushga yod bugini tasir ettirish yoli bilan olinadi. Fotomateriallar ishlab chiqarishda, galvanik usulda kumush yugurtirishda kumush sianid ornida ishlatiladi.