ⓘ Kuntugdi - qoraqalpoqlar xoni. Rus solnomalarida Torchesk knyazi nomi bilan mashhur. 1190 yil Kiyev knyazi Svyatoslav K.ni tuhmat asosida qamoqqa olgan. Biroq S ..

                                     

ⓘ Kuntugdi

Kuntugdi - qoraqalpoqlar xoni. Rus solnomalarida "Torchesk knyazi" nomi bilan mashhur. 1190 yil Kiyev knyazi Svyatoslav K.ni tuhmat asosida qamoqqa olgan. Biroq Svyatoslavning taxtdoshi Ryurik K.ni "Rusga kerakli jasur kishi" deb ozod qilgan. K. sharmandalikka chiday olmay dashtga, qipchoq xoni Togli huzuriga qochib borgan. K.ning kelishidan shod bolgan qipchoklar Rusga hujum qilishga tayyorgarlik korganlar. K.ning qipchoqlar bilan qilgan birinchi harbiy yurishi Porosyedagi Churvayev shahri bolgan K. uni egallab, yondirib yuborgan, knyaz Churvayning ikki xotini va xizmatkorlarini asir olib qaytgan. Kish faslida K. Toglixon va Oqqush bilan birga yava Porosyega chopqun qilgan. Ryurik janjalni tinch yol bilan bostirish uchun K. bilan sulh tuzishga majbur bolgan. Unga kora, K.ga bir qancha rus shaharlari berilgan. 1184 yil Konchak bilan bolgan jangda rus knyazlari tomonida turib qatnashgan.

.Pletneva S. A., Polovsi, M., 1990.