ⓘ Kuchar davlati, Kusan davlati - markazi Kuchar viloyati bolgan qad. xonlik. Uning hukmdori ayrim holdarda xoqon deb ham atalgan. Kuchar davlati ilk bor miloddan ..

                                     

ⓘ Kuchar davlati

Kuchar davlati, Kusan davlati - markazi Kuchar viloyati bolgan qad. xonlik. Uning hukmdori ayrim holdarda "xoqon" deb ham atalgan. Kuchar davlati ilk bor miloddan avvalgi 2-asrda yozilgan xitoy bitiklarida Jyuzi, Chyuyji, Guyzi, Jyuyyi kabi nomlar bilan tilga olingan. Ana shu malumotlarga kora, ayni zamonda Kuchar davlati katta va kuchli davlat bolib, uning aholisi 6970 oila yoki 81317 kishidan, qoshini 21076 lashkardan iborat bolgan. Kuchar davlati hududida rong, sak, yuechji, usong kabi qad.xalqlar yashagan. Davlat markazi Kuchar shahri bolib, u oz. 3.5 km ga yaqin bolgan baland va qalin devor bilan oralgan. Keyingi manbalarga kora, Kuchar davlatining poytaxti Yan-cheng bolgan. Xitoy sayyo)utarining tariflashicha, xon saroyi nihoyatda gozal bolib, xon sher shaklida yasalgan oltin taxtda otirgan.

Hun imperiyasi kuchaygan paytda, Kuchar davlati unga itoat qilgan. "Garbiy Xan" "Shi Xan" deb nomlangan xitoylar davlati yuksalib Danan Fargonaga harbiy yurish qilganda Kuchar davlati ham urushga tortilib qisqa muddat davomida Xitoy tasiriga otib qolgan. Turk xokonligi davrida Kuchar davlati unga tobe bolgan. Mazkur xoqonlik ikkiga bolinib ketgandan song 7-asr oxiri u Garbiy Turk xokonligi itoatida bolgan. Kuchar davlatining uzoq davr davomida mavjud bolib turishi uning 1000 yildan ortiq davr ichida budda dini markazlaridan biri sifatida namoyon bolganligi va bu yerda yirik din arboblari istiqomat qilganligi bilan ham bogliqdir.

Xitoy manbalarida uchraydigan eng qad. malumotlarda yozilishicha, Kuchar davlatida paxtadan mato va jundan gilam toqish, hayvon terilariga ishlov berish, ayollar uchun zarur boladigan turli xushboy hidli upa va surmalar ishlab chiqarish hunarmandchiligi yuksak darajada rivojlangan va katta hajmda chetga chiqarilgan. Kuchar davlatida zotli otlar va tovuslarni boqib kopaytirish ishlari yaxshi yolga qoyilgan bolib, ular chetga chiqarilgan mollarichida muhim ahamiyat kasb etgan. Uzumdan musallas tayyorlash keng tarqalgan. Kuchar davlatining oziga xos yozuvi bolgan. Ammo liniy etiqod va savdo ishlarida hind yozuvlari ham keng qollanilgan.

Kuchar davlatida musiqa sanati ham yuksak darajada rivojlangan bolib, u Xitoyga katta tasir korsatgan. Shu tufayli Xitoyda "Guyzile" "Kusan musiqasi" atamasi paydo bolgan. Kusan musiqa-sining Xitoyda keng tarqalgan vaqti milodning dastlabki asrlariga, yani Kusanda budda dini rivojlangan vaqtga togri keladi. Ayni zamonda Kuchar davlatida mingdan ortiq buddizm ibodatxonalari mavjud bolgan.

Kusanning iqlimi iliq, yerdari sersuv bolganligi tufayli uning aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan keng shugullangan. Kuchar davlati miloddan avvalgi 2 - milodning boshlarida yuksak darajada iqtisodiy va madaniy rivojlangan. Shu zamonlarga oid oltin, mis, temir, qalay va qorgoshin konlari topilganligi bunga isbot bola oladi.

Abdulahad Xojayev.