ⓘ Kuchluq - Chingizxon taqibidan garb tomon qochgan nayman qabila uyushmasi boshligi. Vaymanlar xoni Tayanxonning ugli. 1210 yil K. qoraxitoylarnsh maglubiyatga u ..

                                     

ⓘ Kuchluq

Kuchluq - Chingizxon taqibidan garb tomon qochgan nayman qabila uyushmasi boshligi. Vaymanlar xoni Tayanxonning ugli. 1210 yil K. qoraxitoylarnsh maglubiyatga uchratgan, 1211 yil gurxonnn asir olib, Xotan, Yorkend, Qashqar, Yettisuv va Fargona viloyatlaridan iborat qoraxitoylar davlatining sharqiy hududida oz davlatini barpo etgan. Muhammad Xorazmshoh K. hujumidan xavfsirab, 1215 yil Sirdaryoning orta oqimi boylaridagi shaharlar aholisini jan.garbga kochirtirgan. Musulmonlarni quvgin qilish bilan K. fuqarolarining bir qismini oziga qarshi qilib quygan. K. dastlab nasroniy bolgan, biroq keyinchalik gurxonning sobiq qayligiga uylanib, buddaviylikni qabul qilgan. K. musulmonlardan dindan qaytib xristianlik yoxud buddizmni qabul qilishlarini, juda bolmasa islomdan zohiran voz kechib xitoyliklar libosida yurishlarini talab qildi. Ozining bu maqsadiga erishish uchun K. musulmonlar yashaydigan uylarga jangchilarini joylashtirib qoygan va boysunmaganlar ustidan nazorat qilish uchun ularga juda keng huquqlar bergan. Jamoa bolib namoz oqish va daryo berish mutlaqo toxtatilgan. 1218 yil Chingizxon K.ga qarshi Jebe noyon boshchiligidagi 20000 kishilik qoshin jovatgan. Jebe noyon K. davlati hududiga kirib, har bir kishi ota-bobolari diniga erkin ibodat qilish huquqini olajagini elon qiladi va bu bilan musulmonlarni K.ga qarshi qozgolon kotarishlariga undaydi. Qashqardagi musulmonlar uylaridagi jangchilarni oldirib, mogullarni xuddi xaloskorlaridek kotib olganlar. K. Sarikolga qochgan, biroq mogullar tomonidan qolga olinib qatl qilingan.