ⓘ Kyusyu, K i u - S i u - Yaponiyaning jan. qismidagi orol. Tinch okean, Ichki Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oralgan. Maydoni yondosh mayda orollar bila ..

                                     

ⓘ Kyusyu

Kyusyu, K i u - S i u - Yaponiyaning jan. qismidagi orol. Tinch okean, Ichki Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oralgan. Maydoni yondosh mayda orollar bilan birga 42.1 ming km². Qirgoq chi-zigi notekis, qoltiq kop. Relyefi, asosan togli, shim. va garbi sertepa va allyuvial pasttekislik. K.ning eng baland joyi - Kudzyu vulkani. Sonmagan vulkanlar bor, issiq bulok kop. Teztez zilzila bolib turadi. Iqlimi subtropik, mussonli iqlim. Yanv.ning ortacha temperaturasi toglarda 0°, tekisliklarda 10°, iyulniki 15 - 28°. Yillik yogin 1600–3000 mm. K.ning iqlimiga uning qirgoqlari yaqinidan otadigan Kurosio va Susima iliq oqimlarining tasiri katta. Tez-tez tayfun bolib turadi. Yirik daryolari: Tikuga, Oyodo va Gokase; gidroenergiya resurslariga boy. Tuprogi qizil va sariq tuproq. 850 m balandlikkacha subtropik doim yashil ormonlar, undan yuqorisi igva bargli ormonlar, tog tepalari - butazor, otloq va yalangliklar bilan band. K. - Yaponiyada osimlik dunyosiga eng boy orol. K.ning shim. Yaponiyaning asosiy komir-metallurgiya bazasi; markazi va jan. esa muhim qishloq xojaligi rayonidir. Orolda aholi zich yashaydi. Yirik shaharlari: Kumamoto, Vagasaki, Kitakyusyu.