ⓘ Korsatuv - surishtiruv, dastlabki tergov va sudla hal qilivayotgan ishga oid biror ahamiyatli holatni aniqlash uchun shaxsning soroqda bergan tushuntirishi. K. ..

                                     

ⓘ Korsatuv

Korsatuv - surishtiruv, dastlabki tergov va sudla hal qilivayotgan ishga oid biror ahamiyatli holatni aniqlash uchun shaxsning soroqda bergan tushuntirishi. K. ishdagi faktik malumotlarni izoxlash, tahlil qilish, biror voqeaga va uning ishtirokchilariga aloqador fikr-mulohaza, vaj, taxmin va iltimos tarzida ham bolishi mumkin. Fuqarolik va xojalik ishlari boyicha sudda taraflar, 3-shaxslar, ularning qonuniy vakillari va guvoxlar, jinoyat ishlari boyicha esa - gumon ostidagi shaxs, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh va jabrlanuvchi, bazan ekspert soroq kilivadi. Soroqsa qonun talablariga qatiy rioya qilinishi shart. Jismoniy yoki ruhiy qiyvash, qorqitish, aldash, huquq va erkinliklarini gayriqonuniy cheklash yoli bilan K. olishga jinoyat sifatida qaraladi va buning uchun jazo belgilangan. Bu yol bilan olingan K. dalil hisoblanmaydi. Taraflar, 3-shaxs, ularning qonuniy vakillari davoni quvvatlash yoki inkor etish uchun K. beradi. Gumon ostidagi shaxs, ayblanuvchi va sudlanuvchining K.i esa ularga elon qilingan gumon yoki aybga oid boladi. K. berish ularning majburiyati emas, balki huquqi va ozini himoya qilish vositasidir. Shu bois ular K. berishdan bosh tortgani yoki bilaturib yolgon K. bergani uchun javobgar qilinmaydi, ammo soroqqa chaqirilganda kelishga majbur, aks holda militsiya orqali keltiriladi. Aybga iqrorlik mazmunidagi K. sinchkovlik bilan tekshirilishi lozim va faqat togotangan boshqa dalillar bilan tasdiqlanganda inobatga olinadi. Aybga iqrorlik va qilmishdan sidqidildan poshaymonlikni sud jazo tayinlashda etiborga olishi shart. Bu xil K. bergan shaxs jabrlanuvchi bilan yarashsa, bazi jinoyatlari uchun javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Guvoh va jabrlanuvchining K. berishi - fuqarolik burchi hisoblanadi. Shu bois ular ozlariga malum bolgan ish uchun ahamiyatli holatlar haqida K. berishdan bosh tortsa yoki bila turib yolgon K. bersa, qonunga binoan javobgarlikka tortiladi. Jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari sababli voqealarni idrok qilishga va ular haqida K. berishga layoqatsiz shaxs, shuningdek, sudda vakil yotsi himoyachi bolib qatnashgan shaxs guvoh sifatida soroq qilinishi mumkin emas. Jinoyat ishi boyicha gumon ostidagi shaxs ayblanuvchining yaqin qarindoshlari faqat oz roziligi bilan guvoh yoki jabrlanuvchi tarzida soroq qilinishi va K. berishlari mumkin. Ekspert oz xulosasidagi ayrim nuqsonli, zid va noaniq jumla va iboralar haqida K. berishi mumkin. Barcha K.larga ishdagi dalillarga qiyoslagan holda baho beriladi.

Gafur Abdumajidov.