ⓘ Laminar oqim - suyuqlik yoki gazning tartibli aralashmasdan oqishi. Laminar oqimda suyuqlik yoki gaz oqimga nisbatan parallel ravishda qatlam-qatlam bolib silji ..

                                     

ⓘ Laminar oqim

Laminar oqim - suyuqlik yoki gazning tartibli aralashmasdan oqishi. Laminar oqimda suyuqlik yoki gaz oqimga nisbatan parallel ravishda qatlam-qatlam bolib siljiydi. Suyuqlik yoki gazlarning kichik tezlik bilan oqishi, ota qovushoq suyuqliklarning oqishi, shuningdek, kichik hajmdagi jismdan suyuqlikning ohista oqib otishi va boshqalar laminar oqimga misol boladi. Suyuqliklarning ingichka naydan oqish paytida, podshipnikdagi moy qatlamida, jism sirtidan suyuqlik yoki gaz oqib otayotganda shu sirt yaqinida hosil boluvchi chegara qatlamlarda va boshqalarda laminar oqimni kuzatish mumkin. Suyuqlik yoki gazlarning harakat tezligi osha borib, vaqtning malum paytida laminar oqim tartibsiz turbulent oqimga aylanadi.

Suyuqliklarning naydagi laminar oqimini kuzatish uchun ingliz fizigi Osborne Reynolds katta bakdagi suyuqlikni uzun shisha nay orqali, kichik tezlik bilan oqizgan. Shu naydagi suyuqlikka rangli suyuqlik qoshib, ohista oqizilganda, rangli suyuqlik nay boylab rangsiz suyuqlikka aralashmasdan yonaladi. Naydagi suyuqlik oqimining tezligi oshirilsa, malum tezlikdan keyin rangli suyuqlik rangsiz suv qatlamlari bilan aralashib ketadi, yani suyuqlikning laminar harakati yoqolib, orniga tartibsiz - turbulent harakat paydo bola boshlaydi. Suyuqlikning oqish maromi Reynolds soni Re bilan belgilanadi. Laminar harakat Re ning biror qiymatida kritik qiymati Re da buziladi. Re < Re kr bolganda laminar oqim, Re > Re kr bolganda esa turbulent oqim roy beradi. Naydagi suyuqlikning qovushoq laminar oqimi Poiseuille qonuni orqali aniqlanadi. Laminar oqim gidrotexnikada hisobga olinadi.

                                     
  • joylashadi. Bunday oqim laminar oqim deyiladi. Gaz yoki suyuqlik tez oqsa, qatlamlari o zaro aralashib ketadi. Bunday oqim turbulent oqim deyiladi. Gaz va
  • fluktuatsiyalar ta sirida bo ladi. Shunisi bilan turbulent oqim laminar oqimsan farq qiladi. Laminar oqim o zining barqarorligini yo qotganda T. vujudga keladi
  • bosimlar farqi kattaligiga qarab, G. s.ning diffuzion oqim molekulyar effuziya, laminar oqim xillari bo ladi. Qattiq jismlar maye, polimer plyonkalar
  • fitoplankton turi ma lum. Shelf zonasida turlituman qo ng ir, fukus, laminar suvo tlar, mollyuskalar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ignatanlilar