ⓘ Limon kislota, 2-gidroksi-1.2.3 - propantrikarbon kislota 2 SSOON - uch asosli organik kislota; tiniq kristallardan iborat rangeiz, hidsiz modda. Mol.m. 192.12, ..

                                     

ⓘ Limon kislota

Limon kislota, 2-gidroksi-1.2.3 - propantrikarbon kislota 2 SSOON - uch asosli organik kislota; tiniq kristallardan iborat rangeiz, hidsiz modda. Mol.m. 192.12, zichligi 1.665 kg/m3, suyuqlanish t-rsi 153.5°. Suv va spirtda yaxshi, kopchilik organik erituvchilarda yomon eriydi. 175° da bir molekula suv ajralib, akonit va 3-ketoglutar kislotalar aralashmasi hosil boladi. Limon kislota hujayra nafasini yuzaga chiqaradigan biokimyoviy reaksiyalar sistemasida zarur komponentdir. Limon kislotaning boshka funksiyalaridan biri organizmda kislota-ishqor muvozanatini saqlashdan iborat. Limon, krijovnik, malina, uzum va boshqa mevalarda uchraydi. Sitrus mevalarida 6 - 8%, tamaki barglarida 8 - 14%, gozapoyada, bazi madaniylashtirilgan bakteriyalar suyukliklarida 10% gacha Limon kislota boladi. Sanoatda shakarni Aspergillus niger shtammi bilan bij-gitib, shuningdek, tamaki barglaridan olinadi. Limon kislota va uning tuzlari oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda, metallar yuzalarini qurum va zangdan tozalashda va organik sintezda qollanadi.