ⓘ Linoleum - polimer rulon material. Asosli hamda asossiz, polivinilxloridli, gliftalli, kolloksinli va rezinali xillarga bolinadi. Linoleum 1.5 - 4 mm qalinlikda ..

                                     

ⓘ Linoleum

Linoleum - polimer rulon material. Asosli hamda asossiz, polivinilxloridli, gliftalli, kolloksinli va rezinali xillarga bolinadi. Linoleum 1.5 - 4 mm qalinlikda, eni 2 m gacha, uzunligi 6 - 20 m bolgan rulon va kop rangli qilib ishlab chiqariladi. Bino va avtomobil pollariga qoplash va b. maqsadlarda ishlatiladi.

Linoleum dastlab 1864-yil Angliyada ishlab chiqarilgan. U jut matoga asosga osimlik zigir, kungaboqar va b. moyi, pokak kukuni va b. qoplangan gliftalli materialdan iborat bolgan.

Linoleum tekis asosga taxta yoki sement polga, shpaklepkalab tekislangan avtomobil poliga polimer mastika yoki maxsus yelim yordamida yopishtiriladi. Standart olchamli xonalarga moljallab muayyan olchamda ishlab chikariladigan yaxlit polivinilxlorid linoleum gilamlari ham bor.