ⓘ Lub tolalari - tolali osimliklar poyasidan ajratib olinadigan toqimachilik tolalari. Bu osimliklar poyalarida kambiy va peritsikl orasida joylashgan toqimalar L ..

                                     

ⓘ Lub tolalari

Lub tolalari - tolali osimliklar poyasidan ajratib olinadigan toqimachilik tolalari. Bu osimliklar poyalarida kambiy va peritsikl orasida joylashgan toqimalar Lub tolalarini tashkil qiladi. Ular usimlik poyasidan biologik va fizik-kimyoviy usullar bilan ajratib olinadi. Buning uchun uruglari va barglaridan tozalanib va quritilib, bog-bog qilib tayyorlangan poyalar baklar, tabiiy yoki suniy suv havzalari va hovuzlarda ivitiladi. Poyalarni ivitishda tolalarni bir-biriga va postloqqa yopishtirib turgan pektin moddalari eriydi. Suv havzalari va hovuzlarida sovuq suvda ivitish har xil mikroorganizmlarning faoliyatiga asoslangan. Suvning ustidagi poyalarda mogor zamburuglari, suv ichiga botgan qismlarida anaerob bakteriyalar rivojlanadi. Baklarda poyalar issiq suvda ivitiladi. Bunda avval aerob, songra anaerob bakteriyalarning ish faoliyatidan foydalaniladi. Ivitishning kimyoviy va buglash usullari ham bor. Kimyoviy usulda turli moddalar eritmalari qollaniladi. Buglashda poyalar oldin suvda ivitilib, keyin bugla-nadi. Ivigan poyalar maxsus tola ajratish mashinalaridan utkaziladi. Ajratib olingan hol tolalar titish-savash mashinalaridan otkazilib tozalanadi, quritish mashinalarida quritiladi, songra yumshatish mashinalaridan otkazilib mayinlashtiriladi va pardozlash sexida pardozlanib, yaltiroq holatga keltiriladi, saralash sexida tola rangi, uzunligi, pishikligi va tovlanuvchanligi boyicha xillanadi.

Lub tolalarini kok lub floemadan ham olish mumkin bunda tola ajratib olish texnologiyasi yuqoridagidan deyarli farq qilmaydi. Lubni titish-yuvish jarayonida chiqqan chiqindilardan kalta Lub tolalari olinadi.

Lub tolalari qanday osimlik poyasidan olinganligiga qarab, ingichka, kayishqoq zigir va rama tolasi, dagal, qattiq abaka, yani penkaning bir turi bolishi mumkin. Ulardan kanop, arqon, baliq tutish tori, brezent, har xil matolar tayyorlanadi, ular gilam toqishda ham ishlatiladi. Ozbekistonda, asosan, kanop osimligi ekilganligi uchun kanop zavodlarida kanopdan tolalar olinadi.