ⓘ LULLIY Raymund - ispan faylasufi, yozuvchi va ilohiyotshunos. 30 yoshida saroy shoiri sifatidagi faoliyatini toxtatib, fransiskanlar ordeniga azo bolib kirgan v ..

                                     

ⓘ Lulliy Raymund

LULLIY Raymund - ispan faylasufi, yozuvchi va ilohiyotshunos. 30 yoshida saroy shoiri sifatidagi faoliyatini toxtatib, fransiskanlar ordeniga azo bolib kirgan va missionerlik bilan shugullangan. Keyinchalik Shim. Afrikada murabbiylik qilgan. Musulmon va yahudiy ilohiyotshunosligini mukammal bilgan, Yevropada arabshunoslikka asos solgan. L.dan arab va katalan tilida yozilgan 300 ga yaqin asar qolgan. L. dunyoqarashi fransiskanlar va Avgustin tasirida shakllangan. U averroizm va uning 2 haqiqat togrisidagi talimotiga qarshi chiqib, haqiqiy bilimga ilohiy kashf orqaligina erishish mumkin, deb hisoblaydi. L. fikricha, olam - Xudoning timsoli, har bir narsada ilohiy komillik mujassam bolgan. Mazkur talimotni takomillashtirish maqsadida L. tushunchalarning ramziy manolarini qollab, mantiqiy tajribalarni modellashtirish uslublarini ishlab chiqdi. U ozining "Buyuk sanat" asarida mantiqni haqiqat va yolgonni ozaro farqlashga yordam beradigan sanat deb baholaydi. Shu maqsadda u mantiqiy tafakkurning yangi haqiqatni ochish uslubini maxsus mexanik moslama orqali modellashtirishga harakat qilgan.