ⓘ Magarach - orta kechpishar vinobop uzum navi. R. R. Shreder nomidagi Bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik institutining Qibray tumanidagi Vinochilik filialida ..

                                     

ⓘ Magarach

Magarach - orta kechpishar vinobop uzum navi. R. R. Shreder nomidagi Bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik institutining Qibray tumanidagi Vinochilik filialida Takveri navi urugidan kokartirilgan osimlikni Pti Bushe navi bilan chatishtirib chikarilgan. Navga Ukrainaning Krim viloyati Yalta shahrida joylashgan sobiq "Magarach" Butunittifoq uzumchilik va vinochilik i. t. instituti nomi berilgan. Tupi kuchli usadi. Bargi ortacha, 5 bolmali, kertikli, ters tomoni tuksiz. Guli 2 jinsli, boshi yirik, konussimon, ortacha tigiz. Gujumi dumaloq, qora. Posti yupqa, eti sersuv, shirasi toq qizil rangda. Hosili kurtak yozishidan faol harorat yigindisi 2800° - 2900° da 156 kunda pishib yetiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Hosildorligi 140 - 380 s/ga. Sovuqqa chidamsiz. Oidium bilan kamdankam zararlanadi. M.dan oliy sifatli qizil disert vinolar tayyorlanadi. Ozbekistonning barcha viloyatlarida rayonlashtirilgan.