ⓘ Magma - tarkibi, asosan, silikatdan iborat otash-olovli suyuq massa, Yer pusti yoki yuqori mantiyada vujudga keladi va soviganda magmatik tog jinslarini hosil q ..

                                     

ⓘ Magma

Magma - tarkibi, asosan, silikatdan iborat otash-olovli suyuq massa, Yer pusti yoki yuqori mantiyada vujudga keladi va soviganda magmatik tog jinslarini hosil qiladi. Kamdan-kam holda magmatik erigan jinslarda silikat bulmaydi. M. - ozaro bogliqholda yuzaga kelgan kup sonli kimyoviy elementlarning murakkab eritmasi, ular orasida Si, A1, Fe, Mg, Ca, Na, K, O, S, CI, F asosiy urinda. Bazan M.da bir necha protsentgacha uchuvchi komponentlar, asosan, suv, ozroq uglerod oksidi, vodorod sulfid, ftor, xlor va boshqa boladi.

Vulkan otilgan joylarda M. yer ustiga chiqqach, lava korinishida oqadi, vulkan bogzida ekstruziv uyum hosil qiladi yoki gaz aralash kul kurinishida otiladi. Kul yondosh jinslar siniqlari va chukindi jinslar bilan aralashib har xil tuflarni hosil qiladi. Chuqurlikda sovigan magmatik massalardan shakli va olchami har xil bazan gorizontal kesimi bir necha ming km² bulgan intruziv jismlar vujudga keladi. Yer yuzasiga oqib chiqadigan vulkan tog jinslarining aksari kismi bazaltdan, chuqur qismi esa granitdan iborat. Geolog olimlar turli magmik jinslarning Yer yuzida tarqalishini organib, ularni tiplarga ajratishni taklif qildilar. Dastlab M. Yer qarida uzluksiz qobiq hosil qilgan deb hisoblanar edi. Lekin geofizik tadqiqotlar M. Yer postining har xil tarkibli va chuqurlikdagi qismida vaqt-vaqti bilan alohida ochoqlar hosil qilishini korsatadi. Granit va bazalt M.laridan tashqari kamyob, maqalliy M.lar ham mavjud deb taxmin qilinadi. M. tabiatini aniqlashda Yer posti va yuqori mantiyaning geofizik tadqiqotlaridan olingan malumotlar muhim ahamiyatga ega.

Turli tarkibli M. har xil fizik xususiyatlarga ega, bu temperatura va uchuvchi komponentlarga ham bogliq. Bazalt tarkibli M.ning yopishqrqligi kam, shu bois lava oqimining tezligi katta soatiga 30 km gacha. Nordon tarkibli M. ancha yopishqoq, shuning uchun portlab otiladi. M. temperaturasi har xil 900 - 1250° boladi. Granitli M. temperaturasi 600° ga tushguncha qotmaydi.

M. hosil bolgan sharoitdan boshqa sharoitga otgach, evolyusiyaga uchrab oz tarkibini ozgartirishi mumkin. M. differensiatsiyalanadi, bunda bir M. hisobiga bir necha M. vujudga keladi. M.ning evolyusiya jarayonini aniqlashda kristallanishda minerallarning ajralish ketma-ketligi muhim. Amerikalik petrolog N. Bouen tadqiqotlariga kora, M. kristallanganda dastlab kamyob aksessor minerallar, songra magnezialtomirli silikatlar va boshqa, oxirgi jarayonda esa biotit, ishqorli dala shpatlari va kvars ajraladi. Biroq M.ning kristallanishida bir xillik yoq.

M.dagi foydali komponentlar uning kristallanish jarayonida ayrim joylarida toplanib endogen konlarni hosil qiladi. Bazi rudali minerallarning, shuningdek, apatitning kristallanish jarayonida alohidalanishidan magmatik konlar vujudga keldi. M. tarkibidagi uchuvchi komponentlari hisobiga intruzivlar shakllanishining oxirgi bosqichlarida rangli, kamyob va qimmatbaxr metallar hamda temirning gidrotermal, greyzenli, skarnli va boshqa konlari hosil boladi deb taxmin qilinadi.

                                     

Differensiatsiya (manolari)

Differensiatsiya: Differensiatsiya frans. Differensiatsiya fizik-kimyoviy jarayon, magma differensiatsiyasi - fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida magmadan kimyoviy tarkibi turlicha yoki turli nisbatdagi bir xil minerallardan tashkil topgan jinslarning hosil bolishi.