ⓘ Magniyorganik birikmalar - uglerod - magniy bogi bolgan birikmalar. Umumiy formulasi R2Mg yoki RMgX. Magniyorganik birikmalar ni simobdi-alkillarning magniy bil ..

                                     

ⓘ Magniyorganik birikmalar

Magniyorganik birikmalar - uglerod - magniy bogi bolgan birikmalar. Umumiy formulasi R2Mg yoki RMgX. Magniyorganik birikmalar ni simobdi-alkillarning magniy bilan orin almashinish reaksiyasi yordamida olish mumkin: 2Hg+Mg-"2Mg+Hg Xuddi shu usul bilan dimetil-, dietil-va difenilmagniylar olingan. Ular efirlarda erib, efiratlar hosil qiladi. Bu birikmalar kislorod, karbonat angidrid, suv bilan faol reaksiyaga kirishadi. Havoda oz-ozidan alangalanadi. Shuning uchun magniydialkillar amalda deyarli ishlatilmaydi. P. Barbye va V. Grinyanlar tomonidan amalda ilk bor qollangan aralash Magniyorganik birikmalar organik kimyoning taraqqiyotida muxim rol oynaydi. Magniyorganik birikmalar sanoatda bazi metall organik birikmalarni, xushboy va dori moddalarini sintez kilishda ishlatiladi.