ⓘ Magnit syomka - foydali qazilmalarni qidirish va razvedka qilish, geologik haritalashtirishda geomagnit maydon elementlari olchamlarining majmui. Olchashda magn ..

                                     

ⓘ Magnit syomka

Magnit syomka - foydali qazilmalarni qidirish va razvedka qilish, geologik haritalashtirishda geomagnit maydon elementlari olchamlarining majmui. Olchashda magnitometrlar va magnit gradiyentometrlardan foydalaniladi. Magnit syomkaning yer yuzasida, yerdan yuqorida, suv ostida, shuningdek, shaxta va burgi quduqlarida olchash xillari mavjud. Geomagnit maydonlarining global qonuniyatlarini organishda qayd qilish punktlarining oraligi yuzlarcha km ni, geologik haritalashtirish, tektonik r-nlashtirish, konlarni qidirishda esa bir necha m dan bir necha km gacha boladi. Yer yuzasida olib borilgan Magnit syomka 1:10 000 masshtabda va undan yirikroq, mayda masshtabdagi syomka esa havodan turib bajariladi. Syomka tori magnit anomaliyasining kutilayotgan olchamlari bilan belgilanadi.